Turkiya Shvetsiyada Qur’on yoqilishini qoraladi
Turkiya hukumati Shvetsiyadan Stokgolm markazida Qur’oni Karim nusxasi yoqib yuborilishi bilan bog‘liq voqea aybdorlarini javobgarlikka tortish bo‘yicha zudlikda chora ko‘rilishini kutmoqda. Bu haqda vitse-prezident Jevdat Yilmaz bayonot berdi.
– Ushbu ig‘vogarona harakat yuzlab million musulmonlarga qarshi qaratilgan bo‘lib, nafrat, irqchilikka asoslangan jinoyat unsurlarini aks ettiradi, – dedi mulozim. – Biz Shvetsiya rasmiylaridan Qur’on yoqilishiga aloqador shaxslarni javobgarlikka tortish uchun zudlik bilan aniq choralar ko‘rilishini kutib qolamiz.
Turkiya hukumati Qurbon hayiti kuni Stokgolm markazida sodir etilgan hodisani keskin qoraladi. Aksiya politsiya ruxsati bilan o‘tkazilgani qayd etilgan.
Shvetsiya politsiyasi ta’kidlashicha, musulmonlar muqaddas kitobini “to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqishga ruxsat berilmagan”, biroq huquq idorasiga “namoyish Qur’on bilan bog‘liq” ekani bildirilgan.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan fikricha, “bunday jirkanch ishlarga ko‘z yumish jinoyatga sherik bo‘lish, demak”.
Mamlakat adliya vaziri Yilmaz Tunch “NATOga intilayotgan Shvetsiyani “qonunsizlikka va ig‘voga chek qo‘yish”ga chaqirdi.
Ko‘plab musulmon davlatlar ham mazkur aksiyani qoralab chiqdi, ayrim arab davlatlari Stokgolmdan o‘z elchilarini chaqirib olgan.
Kecha, chorshanba kuni Shvetsiya poytaxti markazidagi Medboryarplatsen maydonida uyushtirilgan aksiyani iroqlik 37 yoshli Salvon Momika sodir etgani aytilmoqda.
O‘zA