Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti biolaboratoriyasida “Kaliforniya qalqondori”ning parazit entomofagi va “Makkajo‘xori parvonasi”ning parazit entomofagi mahalliylashtirildi hamda ko‘paytirish texnologiyasi ishlab chiqildi. Natijada zararli organizmga biologik usulda qarshi kurash imkoni paydo bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati biolaboratoriyalarida "Pseudaphicus malinus" va "Encarsia formosa" entomofaglarini ko‘paytirish texnologiyasi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa, zararli organizmga qarshi ko‘proq maydonlarda biologik ishlov berish uchun asqotadi.

Laboratoriya sharoitida qovun pashshasini ko‘paytirish uchun maxsus xasharotxona, ya’ni "Insectarium" yasalib, hasharotning 1 avlod yetuk zoti olindi hamda 2 avlod olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonda qovun pashshasi ko‘paytirilib, uning bioekologiyasi, zarari o‘rganiladi. Shuningdek, feromon tutquchlarning samarasini ham o‘rganish imkoni yuzaga keladi. Bundan tashqari, erkak zotini bepusht qilish maqsadida insektarium yasalib, qovun pashshasi ko‘paytiriladi.

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2 turdagi entomofag nematodalarni ko‘paytirish hamda ular asosida biopreparatlar tayyorlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Ilmiy salohiyatni rivojlantirish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Fransiyaning “SOFRECO” agentligi bilan hamkorlikda 2021-2023 yillar davomida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, shuningdek, Turkiyaning Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va siyosati instituti bilan uning O‘zbekistondagi filialini tashkil etishga kelishildi.

bugungi kunda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 30 mingdan ortiq fermer va dehqon xo‘jaliklarining yer maydonlari qamrab olingan. Ushbu axborot tizimi eksportga ko‘maklashuvchi “Assalam agro” elektron platformasi bilan integratsiya qilindi.

Shuningdek, Turkiya tajribasi asosida “e-Fitouz” tizimi orqali mineral o‘g‘it va pestitsidlarni qo‘llash zanjirining barcha bosqichlarining to‘liq nazoratini ta’minlash uchun QR-kod elektron boshqaruv dasturi hamda “Fermer pasporti” elektron ma’lumot bazasi ishlab chiqilmoqda.

BMT Taraqqiyot Dasturi doirasida Farg‘ona vodiysida 24 ta ”Agrometeostansiya” va 12 ta “Aqlli feromoni tutqich” o‘rnatilib, “Fitokonsalting markazi” faoliyati pilot loyiha sifatida yo‘lga qo‘yildi. Respublika agrokimyoviy tahlil markazi tashkil etildi va uning hududlardagi filiallari bino-inshootlar bilan ta’minlandi hamda 9 ta hududda laboratoriya asbob-uskunalari o‘rnatildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va siyosati institutining O‘zbekistondagi filiali tashkil etiladi