🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Turkiya prezidenti: “Dostoyevskiy asarlarini taqiqlash bema’nilik emasmi?”

Turkiya prezidenti: “Dostoyevskiy asarlarini taqiqlash bema’nilik emasmi?”
Jamiyat
Tanlaş
22:45 / 11.03.2022

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya madaniyati vakillariga nisbatan ta’qib va xurujlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi.

“TASS” xabarida aytilishicha, Turkiya rahbari Antaliyadagi forumda: “G‘arbda yashovchi, kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan madaniyat vakillariga nisbatan fashistlarcha munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Tasavvur qiling, Germaniya filarmoniyasidagi dirijyor Rossiya rahbariyatiga yaqin shaxs sifatida ishdan haydalishi mumkinmi? Dostoyevskiyning asarlarini taqiqlashmoqda. Bular bema’nilik emasmi?”, deb ta’kidladi.  

 

Muallif: zuhramirzaboyeva