O‘zbekiston – Turkiya munosabatlari 2016 yildan keyin mutlaq yangi bosqichga kirdi, deyish mumkin. Prezidentlarning yaqin do‘stligi va siyosiy irodasi tufayli bugungi kunda aloqalarimiz yuqori darajaga ko‘tarilgan.

Ko‘p yillardan beri o‘tkazilmagan O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma iqtisodiy komissiyasi yig‘ilishlari tiklandi. 2018 yil ikki davlat rahbarlari raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi tashkil etilib, ilk yig‘ilishi 2020 yil fevralda Anqara shahrida, ikkinchi majlisy 2022 yil mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

2023 yil dekabrda Anqarada qo‘shma delegatsiya ishtirokida iqtisodiy komissiyaning 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligida mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 2024 yil 6 iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lishi barcha sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Umuman, o‘zbek va turk xalqlarini azaliy do‘stlik, birodarlik va qardoshlik rishtalari bog‘lab turadi. Madaniyatimiz, urf-odatlarimiz bir-biriga yaqin, dinimiz yagona.

Hozir O‘zbekistonda qator yetakchi turk kompaniyalari tomonidan 100 dan ortiq loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani diqqatga sazovor. Jumladan, Jizzax shahrida tayyor charm ishlab chiqaruvchi “Uz Turk Charm” MCHJda 100 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgan. Loyiha qiymati 12,8 million dollarni tashkil etgan mazkur ob’ektning yillik eksport hajmini 4,1 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

2016 yilgacha haftasiga besh marta amalga oshirilgan o‘zaro avia reyslar keyingi yillarda sezilarli darajada oshdi. Endilikda Istanbul – Toshkent yo‘nalishiidan tashqari Anqara va Izmir hamda Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘ona shaharlari havo orali bog‘langan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabat 1992 yil 4 martda o‘rnatilgan. Ushbu qardosh davlatning Toshkentdagi elchixonasi o‘sha yili aprelda, respublikamizning Anqaradagi elchixonasi esa 1993 yil yanvarda ish boshlagan.

Muharrama Pirmatova tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya – O‘zbekiston diplomatik munosabatlariga 33 yil