Turkiyaning Gebekli-Tepa (Shanliurfa viloyati) qadimiy ibodatxonalar kompleksiga yaqin joyda arxeologlar odamlar qo‘li bilan yaratilgan yana 11 ta tepalikni topishdi, deb xabar qiladi Daily Sabah.
Nashrning ma’lumot berishicha, 100 kilometrlik masofada joylashgan inshootlar taxminan 12 ming yil avval bunyod etilgan.
Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mexmet Nuri Ersoy jurnalistlar bilan suhbatda olimlar bu joyga “12 tepalik” hamda Turkiyaning janubi-sharqidagi piramidalar” deb nom berganini ta’kidlagan.
"Bu hudud yuksak madaniyatga ega", – degan u. Shuningdek, u tepaliklarda tadqiqot ishlari yaqin kunlarda nihoyasiga yetishi, batafsil hisobot sentyabr oyida e’lon qilinishini ma’lum qilgan.
Gebekli-Tepa ilk bor 1963 yilda topilgan bo‘lib, 2011 yilda YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Keyinroq, 1995 yilda olimlar ushbu joydan T shaklidagi neolit davridan qolgan yodgorliklar, artefaktlar, masalan 12 ming yillik haykallarni aniqlashgan.