O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov Turkiya Respublikasi xususiylashtirish boshqarmasi prezidenti Bekir Emre Haykir boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda shuningdek, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar va xususiylashtirish boshqarmasi  prezidentining o‘rinbosari Murat Ibragim Chelebey ham ishtirok etdi.

Akmalxon Ortiqov shuni ta’kidladiki, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklik jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bugun turk kompaniyalari O‘zbekiston bozorida keng o‘rin egallaydi, shu sababli turk ishbilarmonlari ishtirokida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

 Shu yilning 23-28 sentyabr kunlari Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi taklifiga binoan O‘zbekiston delegatsiyasi Anqara shahriga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad turizmni rivojlantirish va shu sohadagi qonunchilikni  ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat edi. Ushbu  masalalar bilan bir qatorda transport logistikasi, sayyohlik markazlarini tashkil etish, bosh rejalarni tayyorlash, turistik ob’ektlar uchun yer uchastkalarini ajratish va xususiylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida «E-auksion» elektron savdo platformasi faoliyati va imkoniyatlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bekir Emre Haykir o‘zbek mutaxassislari bilan hamkorlik qilish va shu kabi platformani Turkiyada  joriy etish istagini bildirdi.

Roman BONDARCHUK, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya delegatsiyasi – Toshkentda