Turkiya bilan hamkorlikda xalqaro standartlarga mos baholash va sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi hamkorlik keyingi yillarda yangi strategik bosqichga ko‘tarildi. Ikki mamlakat mas’ul vazirliklari va idoralari aholi farovonligini oshirish, mehnat bozorini tartibga solish hamda kasbiy malakalarni baholash yo‘nalishlarida faol sheriklik qilib kelmoqda.
Xususan,O‘zbekistonda Turkiya tajribasi asosida malakani baholash tizimi yo‘lga qo‘yilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, vazirlik hamda Turkiyaning Kasbiy malaka tashkiloti hamkorligida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha xalqaro standartlarga mos baholash va sertifikatlash tizimi joriy etiladi.

Jumladan, parvarishlash elektrik va quyosh panellari, CNC operatori qurilish ishlari, santexnika, vazirlik tasarrufidagi Malakani baholash markazlari negizida Turkiyaning akkreditatsiyadan o‘tgan yirik markazlari filiallarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Bu esa fuqarolarga o‘z kasbiy malakasini xalqaro talablar asosida tasdiqlash va mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
G.Boboyeva,O‘zA