Rejep Tayyip Erdog‘an Dubayda o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida so‘zlagan nutqida Turkiya 2053 yilga borib “nol emissiya” maqsadiga erishish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mamlakatning issiqxona gazi emissiyasi bo‘yicha tarixiy mas’uliyati bir foizdan past bo‘lishiga qaramay, ayni yo‘nalishda muhim qadamlar tashlanyapti.

– 2030 yilgacha chiqindini kamaytirish ko‘rsatkichi ikki barobar oshiriladi, – dedi mamlakat rahbari. – Yil oxiriga qadar havoga karbonat angidrid ko‘tarilishi 66,6 million tonna kamayishi kutilyapti. O‘rnatilgan elektr energiyasi umumiy miqdoriga nisbatan qayta tiklanadigan energiya manbasi ulushini 55 foizga yetkazdik. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropada 5-o‘rinda, dunyoda 12-o‘rindamiz. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo konferensiyaning 60-yig‘ilishini yanvar oyida Istanbul qabul qiladi. Shuningdek, navbatdagi mintaqaviy iqlim sammitini Anqarada o‘tkazish taklifini ilgari surmoqchiman.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Arab Amirliklari BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi – COP28 ishtirokchilari konferensiyasi doirasida tashkil etilgan Jahon iqlim harakati sammitiga mezbonlik qilyapti. Bugun anjumanning rasmiy ochilish marosimda 140 dan ziyod davlat va hukumat rahbarlari, jumladan mamlakatimiz yetakchisi ham ishtirok etdi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya 2053 yilga borib “nol emissiya” maqsadiga erishmoqchi