Mamlakatimizda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish, oliy ta’lim va fan sohasini rivojlantirish hamda xalqaro darajaga olib chiqish, ilm-fan vakillarini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. “O‘zbekiston –2030” strategiyasida ham ta’limga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, har yili qabul qilinayotgan Davlat dasturlarida ushbu sohani rivojlantirishga doir aniq maqsad va vazifalar belgilanmoqda. Sohadagi tizimli sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunga kelib, ta’lim sohasida barqaror siyosat va resurslar bazasi shakllandi.

Poytaxtimizda Renessans ta’lim universiteti tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Ijtimoiy bilimlar va texnik-muhandislik turk dunyosi” mavzusida xalqaro simpozium o‘tkazildi. Mazkur anjumandan ko‘zlangan maqsad — turkiy xalqlar o‘rtasida ijtimoiy-gumanitar fanlar va muhandislik-texnik sohalar o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash, ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish, zamonaviy innovatsion yondashuvlarni almashish hamda turkiy dunyo taraqqiyotiga xizmat qiluvchi qo‘shma ilmiy tashabbus va loyihalarni ilgari surishdan iborat.

Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari bilan birga 12 ta davlat, shu jumladan Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va boshqa davlatlarning nufuzli universitetlari vakillari ishtirok etdi.  

Mazkur xalqaro anjuman turkiy xalqlarni bog‘lovchi tarixiy, madaniy va intellektual aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi, deyish mumkin. Zero, simpozium doirasida muhandislik va texnologik fanlar bilan ijtimoiy gumanitar yo‘nalishlarni integratsiyalash, ularni turkiy xalqlar taraqqiyoti yo‘lida uyg‘unlashtirish masalalari keng muhokama qilindi.  

Anjumanda dastlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining simpozium ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi va nutqi o‘qib eshittirildi. Vazir nutqida qayd etilganidek, turkiy dunyo davlatlari bugungi globallashuv jarayonida zamonaviy ilm-fan, texnologiya va muhandislik yutuqlariga tayangan holda taraqqiyot sari dadil intilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy bilimlar – tarix, til, madaniyat va falsafa birlashtiruvchi ichki kuchimiz sifatida hamon dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu anjuman natijasida hozirgi global tendensiyalar va xorijiy tajribalar bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lib, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim va ilm-fanni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kelgusi tadqiqotlar uchun yangi yo‘nalishlarni belgilab olish imkoniyati yuzaga keladi.  

Simpoziumda Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon kabi davlatlarning bir qator  oliy ta’lim muassasalari vakillari so‘zga chiqib, mazkur anjuman turkiy dunyo olimlarini birlashtiruvchi ilmiy-madaniy ko‘prik bo‘lishini, ta’lim va ilm-fanda o‘zaro tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.  

Simpozium davomida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bir qator sho‘’balar bo‘yicha ish olib bordi. Jumladan, sho‘’balarda zamonaviy jamiyatda pedagogik talqin va tadqiqotlar, barqaror rivojlanishni ta’minlashda yashil iqtisodiyot, raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati, Yevroosiyo mintaqasida turkiy davlatlar tarixi va madaniyati, shuningdek,  muhandislik, matematik modellashtirish, axborot tizimlari va texnologik bilimlar atroflicha muhokama qilindi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/uwB02Nbj_7I?si=sqAYVLZCvruzVzr0" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,  

Doniyor Yakubov,  

Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy dunyo taraqqiyoti yo‘lidagi hamkorlik (+video)