Avval xabar berganimizdek, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yoshlar va sport vazirlarining Toshkent uchrashuvi davom etmoqda. Kecha mehmonlar ishtirokida ekspertlar anjumani bo‘lib o‘tgan edi.

Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrat muzeyida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar yoshlar va sport yo‘nalishlariga mas’ul vazirlarining IX yig‘ilishi davom ettirildi. Uchrashuvni sport vaziri Adham Ikromov olib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov o‘zbek sporti, yutuqlar, kelgusi rejalar, hukumat tomonidan yaratilayotgan sharoit va qulayliklar haqida so‘zladi.

[gallery-25775]

Shuningdek, yoshlar va sport mavzusini keng qamrab olgan davra suhbatida Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Turkiya Yoshlar va sport vaziri Osman Ashkin Bak, Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vaziri Farid Gaipov, Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Kochetov, Qirg‘iz Respublikasi Jismoniy madaniyat va sport agentligi direktori Kazibek Moldajiyev, Qirg‘iz Respublikasi Madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vazir o‘rinbosari Marat Tagayev, Vengriyaning O‘zbekistondagi konsuli A. Sabo, Yoshlar ishlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanovalar so‘z oldi. Ma’ruza davomida joylarda sport borasida erishilayotgan yutuqlar, rejalar haqida fikr yuritildi.

Uchrashuvda hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yoshlar va sport mas’ullari sport vaziri Adham Ikromov boshchiligida Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, u yerda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yoshlar va sport mas’ullari yig‘ilishidan fotoreportaj