Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutida «Turkiy davlatlar tashkiloti: kecha va bugun» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov ishtirok etib, turkiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihati ekanligini qayd etdi. Bu borada Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida o‘zaro hurmat asosidagi hamkorlik yangicha ahamiyat kasb etib borayotgani, Samarqand shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishining ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi.  

Shuningdek, tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva mazkur tashkilotga O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi, TDTning o‘ziga xos jihatlari, ushbu tashkilotning hamkorlik uchun ko‘p qirrali yo‘nalishlari mavjudligi xususida to‘xtaldi.  

Shu bilan birga, Naxichevan bitimining 2-moddasiga binoan tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, huquqni muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy, ilmiy-texnik, harbiy-texnik, ta’lim, energetika, transport, kredit sohalarida samarali mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari tashkilotning muhim maqsad-vazifalari ekanligi va bu borada O‘zbekiston o‘ziga xos o‘rin egallashini ta’kidladi.  

— Turkiy davlatlar tashkiloti ishtirokchi mamlakatlari xalqlari tarixan bir ildizga ega, — dedi Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova. — Shunday ekan, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish ular uchun alohida ahamiyatga ega. Mazkur tashkilotning O‘zbekistonda bo‘ladigan sammitining ahamiyatli jihati shundaki, ushbu sammit Turkiy davlatlar tashkilotining ilk yig‘ilishi sifatida tarixda qoladi. Bungacha tashkilot Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi bilan faoliyat yuritgan.  

Tadbirda «Turkiy davlatlar tashkiloti va unga a’zo davlatlar parlamentlari» to‘plami taqdimoti o‘tkazildi.  

— Turkiy davlatlar tashkiloti savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, turizm, madaniy-gumanitar almashinuvlar kabi dolzarb yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi samarali mintaqaviy tuzilma hisoblanadi, — dedi Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Foziljon Otaxonov to‘plam taqdimoti bo‘yicha qilgan ma’ruzasida. — Shuning uchun ushbu tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun TDT doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash qo‘shni mamlakatlar bilan ham, mintaqadan tashqaridagi yangi hamkorlar bilan ham ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga, o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Institutimiz tomonidan ishlab chiqilgan mazkur to‘plam nafaqat milliy parlamentimiz a’zolari, balki parlament huquqi bo‘yicha ilmiy izlanuvchilar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun muhim amaliy qo‘llanma bo‘lishi shubhasiz.  

Tadbirda mazkur to‘plamni boshqa xorijiy tillarga tarjima qilish va turkiy tilli mamlakatlarga yuborish xususida takliflar bildirildi.  

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Turkiy davlatlar tashkiloti va unga a’zo davlatlar parlamentlari» to‘plami tayyorlandi