Xalqimiz yolg‘iz otning dong‘i chiqishi qiyin, deb bekorga aytmagan. Turkiy davlatlar tashkiloti ham ana shunday g‘oya asosida dunyoga kelgan.

1992 yilda tashlangan qadamlar bugun yangi bosqichga chiqdi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tashkilot 2009 yilda rasman tuzilgan. 2021 yildan esa Turkiy davlatlar tashkiloti degan nom bilan yuritila boshlandi.

O‘zbekiston dastlabki yillardanoq turkiy hamkorlik g‘oyasining faol tarafdori bo‘lgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2018 yil Qirg‘izistondagi sammitda sharafli mehmon sifatida qatnashdi. Shu davrdan O‘zbekiston tashkilotdagi eng faol davlatlardan biriga aylandi.  

Endi so‘zimiz boshidagi savolga qaytsak. Bu tashkilot bizga nima beradi?

Avvalo, iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. Turkiy davlatlar o‘zaro savdoni ko‘paytirsa, yangi bozorlar ochiladi, ish o‘rinlari ko‘payadi, mahsulot narxi arzonlashishi mumkin.

Shuningdek, transport-logistika tizimi yaxshilanadi. Bu ham iqtisod, ham madaniy aloqalar o‘sishida muhim ahamiyatga ega. Aslida, turkiy xalqlar bir-biriga yaqin. Lekin oradagi masofa va boshqa jihatlar sabab uzoqlashish bo‘lgandi. Bu tashkilot davlatlarni bir-biriga yaqinlashtirmoqda.

Eng muhim jihatlardan biri siyosat. Agar turkiy davlatlar hamfikr bo‘lar ekan, ularning ovozi dunyoda salmoqli kuchga aylanadi.  

Shu o‘rinda ba’zi raqamlaga to‘xtalamiz. Mamlakatimizning Turkiy davlatlar bilan savdo aylanmasi keyingi olti-yetti yilda qariyb ikki barobarga oshgan. Xususan, Qozog‘iston bilan savdo sakkiz yil oddin 2 milliard dollar bo‘lgan, o‘tgan yilga kelib 4,2 milliard dollarga yetgan. Turkiya bilan esa bunday aylanma 1,5 milliard dollardan 3 milliard dollargacha ko‘tarildi. Ozarbayjon hamda Qirg‘iziston bilan ham savdo hajmi sezilarli o‘sishiga erishilgan.

Xullas, Turkiy davlatlar tashkilotini faqat yig‘ilish uchun to‘planish deb o‘ylaydiganlar xato fikr qiladi. Aslida bu kelajak uchun muhim yo‘l degani.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun va ertaga Ozarbayjonning Gabala shahrida bo‘ladi. U yerda Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tadi.  

Hech mubolag‘asiz, keyingi yillarda O‘zbekiston tashabbusi bilan turkiy davlatlar hamjihatligi ancha mustahkamlandi.

Ikrom AVVALBOEV,

O‘zA sharhlovchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar tashkiloti bizga nima beradi?