Ostona shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev turkiy dunyoni yanada yaqinlashtirish va ulkan salohiyatini to‘liq ishga solishga qaratilgan, chuqur asoslangan bir qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Hozirga qadar Prezidentimiz tomonidan turkiy davlatlar rahbarlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishlar doirasida 50 dan ortiq taklif va tashabbuslar ilgari surilgan va ularning aksariyati qo‘llab-quvvatlangan.  

Albatta, bu mamlakatimiz toomnidan ilgari surilayotgan o‘zaro hamkorlik, tinch-totuv yashash va integratsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mamlakatlar orasidagi savdo, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish kabi ezgu ishlarga hamohang.  

Bugun ayrim hududlarda yuz berayotgan notinchliklar mamlakatlar, xalqlar o‘rtasida hamkorlikni, tinchlik va totuvlik, o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlashni taqozo etmoqda. Xususan, Falastin-Isroil mojarosi xavfli tus olib nizoning keng yoyilib ketish xavfi kuchayayotganidan xavotir bildirgan Prezident tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarga barham berib, o‘t ochishni to‘xtatishga, gumanitar maqsadlarda murosaga kelishga chaqirdi. Mojaroni tinch yo‘l bilan, BMT rezolyutsiyalariga muvofiq hal etish zarurligi borasida O‘zbekistonning pozitsiyasi qat’iy ekani bildirildi.  

Shuningdek, turkiy xalqlar birdamligini, ularning buyuk o‘tmishi va boy madaniyatini, azaliy qadriyatlarini ifoda etadigan Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish, mamlakatlar o‘rtasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish, Turkiy davlatlar savdo hamkorligi tadqiqot markazini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda tashkilotning Temir yo‘l idoralari kengashini ta’sis etish, ekologiya sohasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Turkiy ekologiya forumini tuzish tashabbuslari ilgari surildi.  

Ijodiy fikrlaydigan, iste’dodli va shijoatli yoshlar istiqbolda turkiy dunyoning yangi Renessansini barpo etishiga ishonch bildirgan Prezidentimiz ularni rag‘batlantirish uchun O‘zbekistonda Turkiy dunyo kreativ yoshlari markazini ochishni taklif qilgani yoshlar uchun chinakam quvonchli taklif bo‘ldi.  

Turkiy davlatlar tashkiloti Davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yuksak mukofot – “Turkiy dunyoning oliy ordeni”ning tantanali topshirilishi davlatimiz rahbarining turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan ulkan hissasining chin ma’noda e’tirofi bo‘ldi.  

Ishonchim komilki, bugungi kunda taxminan 170 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan yetti mamlakatni birlashtirayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining ushbu yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan takliflar a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishi, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, muhim tashabbuslarni ilgari surish va tashqi siyosiy vazifalarni bajarish, bir-birining imkoniyatlaridan unumli foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.  

Dilnoza Xodjayeva,  

Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy davlatlar sammiti: muhim tashabbuslar va e’tirof