Samarqand shahridagi viloyat axborot-kutubxona markazida yuz jilddan iborat “Turkiy adabiyot durdonalari” majmuasining taqdimoti hamda uni tayyorlashda ishtirok etgan ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 100 jildlik asarlar majmuasini nashrga tayyorlovchi ishchi guruh a’zolari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoir va tarjimonlar, sharqshunos olimlar, jurnalistlar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

“Turkiy adabiyot durdonalari” nomli kitoblar turkumi Prezidentimizning Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining 2019 yil 15 oktyabr kuni Bokuda bo‘lib o‘tgan 17-sammitidagi tashabbusiga muvofiq nashr etilgan.

[gallery-13877]

Ushbu jamlanmaga umumturkiy adabiyotning eng yetuk namunalari, O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, shuningdek,  Turkmaniston va Vengriya davlatlarining 11-21 asrlarga mansub jami 629 nafar atoqli shoir, adib va mutafakkirlarining asarlari kiritilgan.

– Majmuani tayyorlash uchun 200 dan ziyod tarjimon, 100 dan ziyod adabiyotshunos va matnshunos olim, adiblar, muharrir va rassomlar jalb etildi, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi, 100 jildlik asarlar majmuasini nashrga tayyorlovchi ishchi guruhning muvofiqlashtiruvchi koordinatori Risolat Haydarova. – 100 jildlikning 5 jildi umumiy adabiyotlar, 28 jildi o‘zbek adabiyoti, 5 jildi qoraqalpoq adabiyoti, 17 jildi turk adabiyoti, 16 jildi ozarbayjon adabiyoti 10 jildi qozoq adabiyoti, 9 jildi qirg‘iz adabiyoti,  9 jildi turkman adabiyoti va 1 jildi venger adabiyotini o‘z ichiga oladi.

Asarlar majmuasi dastlabki tarzda 200 ming nusxada chop etilgan. Taqdimot marosimi va ijodiy muloqot qiziqarli hamda unutilmas kitob bayramiga aylanib ketdi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Turkiy adabiyot durdonalari” taqdimoti