Vatanimiz tarixidagi 24 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1896 yil (bundan 129 yil oldin) – Turkiston general-gubernatori Aleksandr Vrevskiy Rossiya imperiyasining harbiy vaziri, general-ad’yutant Pyotr Vannovskiyga Turkistonni Rossiyaning Yevropa qismi bilan bog‘laydigan uzluksiz temir yo‘li o‘tkazish to‘g‘risida maktub bilan murojaat qildi. Tarixchi Anoroy Tog‘ayevaning ta’kidlashicha, maktubga Sirdaryo viloyati harbiy gubernatorining raporti va Toshkent shahar dumasining Toshkent–Orenburg temir yo‘lini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ham ilova qilingan. 

1905 yil (bundan 120 yil oldin) – Turkiston jadidchilik harakatining rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan maktablar uchun yaratilgan “Umumiy jo‘g‘rofiyadan saylanma kitob” darsligini chop etish uchun Sankt-Peterburg senzurasidan ruxsat olindi. Tarixchi Dilnoza Jamolovaning qayd etishicha, darslik 1906 yilda Samarqanddagi G.I.Demurov matbaasida chop etilgan. Darslik 106 sahifadan iborat bo‘lib, kirish qismida geografiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi, Markaziy Osiyo olimlarining bu sohadagi xizmatlari yoritilib, ularning asarlaridan namunalar keltirilgan. Shuningdek, muallif yangi ilmdan bexabarlarni tanqid qilib: “Agarda jo‘g‘rofiyani o‘qimasak, dunyog‘a taraqqiy qilolmaymiz”, – deb qayd etgan. Darslikda “Jo‘g‘rofiya”, “Turkiston donishmandlari” “Jo‘g‘rofiya o‘qimoqni naf’i”, “Eski va yangi donishmandlar”, “Yangi hukamolarning so‘zidan namuna”, “Yer aylanganda ustidagilarning yiqilmasligi”, “O‘lcham – miqyos, mablag‘ – pul” kabi mavzular o‘rin olgan. 

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Behbudiy – qomusiy olim. Uning asosiy ilmiy-ijodiy, ta’limiy-tarbiyaviy va pedagogik faoliyati qirralaridan biri hozirgi o‘zbek geografiya fani va ta’lim-tarbiyasiga mustahkam asos yaratganligi bilan katta ahamiyatga molikdir. Demak, bugungi kun geografiya fani va ta’limining nazariy va amaliy asoslari buyuk Behbudiy hamda boshqa jadid geograflari boshlagan ta’limiy-tarbiyaviy ishlarning mantiqiy davomidir.

1964 yil (bundan 61 yil oldin) – Rossiya Federatsiyasi kosmonavt-uchuvchisi, amerika astronavti, millati o‘zbek Solijon Sharipov tavallud topdi. U tovushdan tez uchar samolyotlarni boshqargan (jami 950 soat uchgan). 1998 yil 22 yanvar – 1 fevralda Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Endevor” (STS89) kosmik kemasida parvoz kilgan. U 2004 yil oktyabrda Rossiyaning maxsus kosmik kemasida 10-xalqaro kosmik ekipaj a’zolari bilan birga Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan kosmosga parvoz qilgan. Solijon Sharipov Qirg‘iziston Respublikasi Qahramoni unvoni (1998), O‘zbekiston Respublikasining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (1999), Rossiya Federatsiyasining Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan (2005).

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Toshkentda Janubiy Koreyaning «DAEWOOMotors» korporatsiyasi va O‘zbekistonning «Avtoqishxo‘jmash» davlat konserni o‘rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab chiqaradigan «O‘zDAEWOOavto» qo‘shma korxonasini qurish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekiston o‘sha kundan boshlab BMT bilan hamkorlik qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi.

1995 il (bundan 30 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – Prezident farmoniga asosan, milliy ozodlik uchun kurash yo‘lida ko‘rsatgan matonati va buyuk xizmatlari, o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun shoir Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon (marhum) “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlandi.

2001 yil (bundan 24 yil oldin) – Navoiy shahrida Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2007 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekistonning janubiy mintaqasini bir-biriga bog‘lovchi Toshguzar–Boysun–Qumqo‘rg‘on temiryo‘li (uzunligi 223 km) foydalanishga topshirildi. Ushbu temiryo‘l 33 oy mobaynida qurib bitkazildi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “«Ilhom» mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahallalardagi xotin-qizlar faollarini qo‘llab-quvvatlash hamda «Oqila ayollar» harakati a’zolarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkistonda hozirgi zamon geografiya fani ta’limini boshlab bergan jadidni bilasizmi?