Vatanimiz tarixidagi 19 dekabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1433 yil (bundan 591 yil oldin) – temuriylar sulolasining yorqin vakillaridan biri, Mirzo Ulug‘bekning ukasi G‘iyosiddin Boysunqur Mirzo (1397–1433) Hirotda Bog‘i Safid saroyida vafot etdi. Uni onasi Gavharshod kurdirgan madrasaga dafn etishadi. G‘iyosiddin Boysunqur Mirzo turk, hind, arab va fors xalqlaridan meros bo‘lib qolgan ko‘plab noyob qo‘lyozmalarni saqlab, kelgusi avlodlarga yetkazishda buyuk xizmatlar qilgan, ilm-fan, san’at va madaniyat homiysi bo‘lgan. Uning vafotidan so‘ng u tashkil etgan kutubxona o‘g‘li Alauddavla ixtiyoriga o‘tadi. Manbalarda aytilishicha, bu kutubxonadagi ayrim kitoblarni Mirzo Ulug‘bek Samarqandga ham olib kelgan.

1810 yil (bundan 214 yil oldin) – Buxoro shahrida mang‘itlar sulolasi hukmdori Amir Haydarning xonadonida uning uchinchi o‘g‘li Umarxon dunyoga keldi. Otasi Haydar va akasi Husaynning amirlik davrlarida Umarxon Karmana hokimi bo‘lgan. Umarxon o‘z akalari Amir Husayn va Nasrullodan farqli ravishda yoshligida o‘zining na jismoniy, na aqliy salohiyati bilan ajralib turgan.

1867 yil (bundan 157 yil oldin) – Rossiya imperatori tomonidan chegara masalalarida cheklanmagan vakolatlar, shuningdek, xonliklar hamda qo‘shni davlatlar bilan mustaqil ravishda Rossiya imperiyasi nomidan diplomatik aloqalar olib borish imkoniyati berilgan Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman ushbu vakolatdan foydalanib, dastlab Qo‘qon xoni Xudoyorxonning elchisi Sarimsoq xo‘ja orqali xonga savdo aloqalari to‘g‘risida shartnoma jo‘natdi. 

1869 yil (bundan 155 yil oldin) – tarixchi Nuriddin Musayevning yozishicha, general-gubernator Konstantin fon Kaufman topshirig‘i bilan Turkiston general-gubernatorligi xuzuridagi konchilik ishlari rahbari Tatarinov o‘lkada kimyo laboratoriyasini tashkil qildi. Laboratoriya ishida Mushketov, Romanovskiy, Seversov, Middendorf kabi olimlar, Mishenkov, Davidov, Meyer, Ivanov, Lopushinskiy kabi tog‘-kon injenerlari qatnashgan. 

Laboratoriya olimlari o‘lkaning tabiiy boyliklari – oltin, kumush, mis rudasi, qo‘rg‘oshin, temir va toshko‘mir konlarini, keyinchapik tuz, neft, grafit hamda qurilish materiallari, qimmatbaho toshlarni aniklashga jalb qilingan. Turkistonda qazilma boyliklar ko‘pligini bilib olgan imperiya ma’murlari o‘lkaga yirik geolog olimlarni ham jalb qilgan.

1881 yil (bundan 143 yil oldin) – Turkiston general-gubernatori tomonidan Turkiston o‘lkasiga Turkiya, Eron va Yevropadan keltirilayotgan mollar miqdorini chegaralovchi va ulardan olinadigan boj miqdorini oshiruvchi 22 banddan iborat qaror qabul qilindi. Choy, non, bo‘yoq bundan mustasno edi. Bu qaror Turkiston o‘lkasida rus mollarining sotilishini osonlashtirish maqsadida chiqarilgan. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, o‘sha vaqtda Turkiston o‘lkasiga keltirilgan mollarning 25 foizi Qo‘qonga, 14 foizi Samarqandga, 3 foizi Marg‘ilonga keltirilgan.

1884 yil (bundan 140 yil oldin) – Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida, savdogar Saidazimning o‘g‘li Said G‘ani Azimboyev hovlisida birinchi rus-tuzem maktabi ochildi. Mazkur jarayon Rossiya imperiyasi hukumatining o‘z manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirildi. 

Maktab mudiri va rus o‘qituvchisi etib Vladimir Nalivkin, musulmon sinfining o‘qituvchisi etib esa mulla Solixo‘ja Kichkinaxojinov tayinlandi. Tarixchi Najmiddin Qodirovning qayd etishicha, rus ma’muriyati mahalliy o‘qituvchini rus o‘qituvchisi bilan noteng vaziyatga qo‘ygan: rus o‘qituvchisi uchun yillik maosh 1000 rubl, mahaliy o‘qituvchining maoshi esa 400 rubl etib belgilangan.

Mazkur maktablarda rus tili birinchi yildan boshlab o‘rgatila boshlangan. O‘qish to‘rt yillik bo‘lgan. O‘quv yili 130 kundan oshmagan. Qishloq joylarda o‘quvchilar dala ishlari bilan bandligi tufayli o‘quv yili kuzda kechroq boshlanib, bahorda ertaroq tugallangan. Maktabda yoshi 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘qitilgan. O‘quvchilar rus va mahalliy sinflarga ajratilgan. 

Maktabda Toshkent o‘qituvchilik seminariyasini tugatgan bitiruvchilar rus tili va arifmetikadan dars bergan bo‘lsa, mahalliy sinf o‘qituvchisi – mulla mahalliy, arab tili va yozuvi hamda musulmon diniy ta’limotini o‘rgatgan. Mashg‘ulotlarning birinchi ikki soatini rus o‘qituvchisi, keyingi ikki soatini mulla olib borgan.

Turkistonda rus-tuzem maktablarining soni jadallik bilan o‘sib borgan. 1887 yilda Turkistonda 22 rus-tuzem maktabi bo‘lib, ularda 461 o‘quvchi o‘qigan. 1917 yil boshlarida Turkiston hududida 170 rus-tuzem maktabi faoliyat ko‘rsatgan, shundan 84 tasi hozirgi O‘zbekiston hududida joylashgan. 

1942 yil (bundan 82 yil oldin) – adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimov tavallud topdi (vafoti 2004 yil). U qariyb qirq yil davomida hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘qituvchilikdan prorektorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 

Uning ilmiy tadqiqotlari o‘zbek mumtoz adabiyoti va adabiy aloqalar, o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi masalalariga, matnshunoslikka, jadidchilik hamda jadid adabiyotini o‘rganishga bag‘ishlangan. O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinov Begali Qosimovni: “So‘nggi jadid” deb e’tirof etgan edi.

1955 yil (bundan 69 yil oldin) – taniqli yozuvchi Abdulla Qahhor boshchiligida Hindistonga borgan O‘zbekiston san’at namoyandalari delegatsiyasi Dehlidagi 5000 tomoshabinga mo‘ljallangan Milliy stadionda o‘zlarining birinchi konsertini berdi. Konsertga tashrif buyurganlar orasida mamlakat rahbari Javoharlal Neru ham bor edi. O‘zbek san’atkorlari Hindiston poytaxtidan so‘ng Bombey, Kalkutta, Madras va mamlakatning boshqa shaharlarida, jami 45 ta konsert berganlar.

1991 yil (bundan 33 yil oldin) – Peru Respublikasi va Mo‘g‘uliston O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi. 

2016 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Unga asosan 8 yanvar O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilandi.

2018 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil (bundan 5 yil oldin) – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yalpi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif qilingan “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.

2022 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

2022 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari barqarorligini ta’minlash hamda mahsulotlar xavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiston o‘lkasidagi birinchi kimyo laboratoriyasi qachon tashkil etilgan?