O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti xodimi, professor Qahramon Rajabov muallifligida “Turkiston Muxtoriyati tarixi” nomli kitob “Fan” nashriyoti tomonidan chop etildi.

Tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo mas’ul muharrirlik qilgan ushbu monografiyada Turkiston Muxtoriyati tarixi masalalari, mintaqa taraqqiyparvarlarining muxtoriyatchilik harakati, 1917 yilda tashkil topgan milliy siyosiy jamiyatlar va tashkilotlar (“Sho‘royi Islomiya”, “Ulamo” jamiyati, “Turon” va boshqa tuzilmalar) hamda Turkiston Muxtoriyati hukumati (1917 yil 27 noyabr – 1918 yil 22 fevral) faoliyati, muxtoriyat vazirlari hamda Milliy Majlis a’zolarining hayoti va taqdiri yoritilgan.

Muallif ko‘p yillik ilmiy izlanishlari natijasida tariximizda hozirgacha deyarli o‘rganilmagan mavzu – muxtoriyat hukumati va dastlabki parlamenti a’zolarining hayoti, faoliyatini sinchkovlik bilan tadqiq etgan.

Asar arxiv hujjatlari, o‘sha davr matbuot materiallari, zamondoshlarining xotiralari, tarixiy adabiyotlarning tahlili asosida yaratilgan.

Kitob Turkiston Muxtoriyati hukumati faoliyati hamda O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.

Mazkur kitob taqrizchilari – tarix fanlari doktori, professor, atoqli yoshlar murabbiysi Saidakbar A’zamxo‘jayev hamda qozog‘istonlik tarix fanlari doktori, professor Hazretali Tursun.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiston Muxtoriyati tarixidan so‘zlovchi kitob