Turkiston milliy kurashi tarixi
“Akademnashr” nashriyoti Boymirza Hayitning “BOSMACHILAR”: Turkiston milliy kurashi tarixi” kitobini nashrdan chiqardi.
Kitobda xalqimizning kechagi kuni, tariximizning chigal va jamoatchilikka unchalik ma’lum bo‘lmagan ba’zi qirralari haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
Ma’lumki, Vatanimiz tarixini xolisona va haqqoniy yoritish, istiqlol va ozodlik uchun jonini tikkan ajdodlarimiz, el qahramonlari, qo‘mondonu lashkarboshilarning hayot yo‘li – mardona kurashlari, taqdirlarini bilish, anglash, ularning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy qiyofasini tiklash, bor haqiqatni adolat bilan avlodlarga yetkazish muhim, o‘ta mas’uliyatli, sharafli va xayrli ishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida milliy o‘zlikni anglash, Vatanimizning qadimiy, boy va ko‘rkam tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgandi. “O‘tmishga berilgan baho, – deyiladi murojaatnomada, – albatta, xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xolis bo‘lishi zarur”.
Kitob muallifi Boymirza Hayit yuqorida aytilgan chigal damlarning guvohi va bevosita ishtirokchisi bo‘lgan, shu jarayonlar ichida yashagan.
“BOSMACHILAR”: Turkiston milliy kurashi tarixi” O‘zbekistonimizning yaqin o‘tmishdagi eng murakkab kun haqidagi kitobdir.
O‘zA