“Turkish Open – 2024”ni bronza medali bilan boshladik
Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Turkish Open – 2024” xalqaro turnirining ilk kunida O‘zbekiston kadetlar va o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Kecha turnir doirasida kadet toifasida qizlar o‘zaro bellashdi.
Unda hamyurtimiz Rabboniya Ruslanova ketma-ket uchta jangda turkiyalik raqiblarini yengib, musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bugun, 10 fevral kuni turnirda kadet toifasida o‘g‘il bolalar bahslashadi. Bellashuvlarda quyidagi yetti nafar hamyurtimiz dayanga chiqadi:
-148 sm. Umidjon Po‘latov – Bayram Ozturk (Turkiya)
-148 sm. Sardor Sayfitdinov – Aytug Cheylan (Turkiya)
-148 sm. Farhod Qosimov – Ares Yilmaz (Turkiya)
-152 sm. Sardor Rahmatullayev – Mehmet Chayakar (Turkiya)
-160 sm. Amir Saliyev – Yavuz Murat Chinar (Turkiya)
-160 sm. Nikolay Kim – Sezgin Ege Kaya (Turkiya)
-164 sm. Muhammadaziz Abdullayev – Ayaz Gundogdu (Turkiya).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA