"Turk dunyosi shamollari" konsert dasturida O‘zbekiston vakillari ham qatnashmoqda
Ayni kunlarda Turkiyaning Istanbul, Kars va Erzurum shaharlarida TURKSOY tashkiloti hamda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi bilan hamkorlikda "Turk dunyosi shamollari" nomli konsert dasturlari tashkil etilmoqda.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya Respublikalarining ijodiy jamoalari o‘z konsert dasturlari bilan ishtirok etmoqda.

Madaniyat vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekistondan filarmoniyaning Farg‘ona viloyati bo‘linmasi jamoasi o‘z dasturlari bilan ishtirok etayapti.


Mazkur jamoa 15 avgust kuni Istanbul, 16-17 avgust kunlari Kars shaharlarida o‘zbek milliy raqslari va milliy kuy-qo‘shiqlarini namoyish etgan bo‘lsa, bugun - 19 avgust kuni Erzurum shahrida o‘z konsert dasturlarini musiqa muxlislariga taqdim etadi.
N.Usmonova,
O‘zA