Samarqand turizm va madaniy meros texnikumining kapital ta’mirlangan binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etdi va yurtimizda turizm sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.  

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 martdagi “2022 yilda turizm va madaniy meros ob’ektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Samarqand turizm va madaniy meros texnikumining 11 blokdan iborat o‘quv binosida qariyb 12 milliard so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.  

Bugungi kunda o‘quv muassasasida turizm, servis va turizm, mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish, non, non mahsulotlari, qandolat va makaron ishlab chiqarish, aeroport xizmatlari, buxgalteriya hisobi va audit, sartaroshlik san’ati, madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ularni ta’mirlash ustasi kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yilgan.  

[gallery-12584]

2022-2023 o‘quv yilda texnikumda 443 nafar o‘quvchi 21 guruhda kunduzgi, dual va sirtqi ta’lim shaklida tahsil olmoqda. O‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti turizm sohasi korxona va tashkilotlarida o‘tkazilmoqda.  

Bu borada “Silk road” Samarqand turistik markazi, “Sogdatur”, “Emirxan tur servis” turistik tashkilotlari, "Renesans Dizayn" XK, “Jomboydon” MCHJ, "Mone", “Ideal”, “AVESTO SWEETS” qandolat uylari, “Movenpic”, “Dilimax”, “Shaboda” mehmonxonalari, “AIR MARAKANDA” MCHJ, viloyat madaniy meros ob’ektlari restavratsiya markazi kabi korxona va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.  

Shuningdek, xorijiy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan ham ta’lim va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hamkorlikda dasturlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shu yilning mart oyida texnikum bilan Bolgariyaning “Smart Tur” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan texnikum o‘quvchilari yozgi ta’til davrida Bolgariyaning Varna shahridagi mehmonxonalar hamda restoran-kafelarda stajirovka o‘taydi. Hozirda 2 nafar o‘qituvchi hamda 16 nafar o‘quvchi ushbu shaharda 3 oylik amaliyotda qatnashmoqda. Bu davrda ularga ish haqi ham to‘lanadi. Shu kabi xalqaro aloqalar Janubiy Koreya, Germaniya, Turkiya, davlatlari bilan ham yo‘lga qo‘yilmoqda.  2022/2023 o‘quv yilida texnikumni yaxshi va a’lo baholarga tugatgan 20 nafar o‘quvchi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 avgustdagi 466-son qaroriga asosan yakka tartibdagi suhbat asosida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining mos bakalavriat yo‘nalishiga 2-kursdan o‘qishini davom ettirish uchun pedagogik kengash tomonidan tavsiya etilgan.  

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm texnikumi uchun zamonaviy bino