Navoiy shahrida viloyat turizm boshqarmasi tomonidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bilan hamkorlikda “Turizm sohasi – milliy iqtisodiyotning muhim drayveri” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan anjumanda institutning professor-o‘qituvchilari, viloyatda turizm sohasida faoliyat yurituvchi mehmonxona menejerlari, joylashtirish vositalari, turoperatorlar va turagentlari ishtirok etishdi.  

Anjumanda so‘zga chiqqanlar sohani Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotining qudratli drayveriga aylantirish yo‘nalishlari, turizm mahsulotlarini, jumladan, turizmni rivojlantirishda reklama va PR-ning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, mintaqada turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, Navoiy viloyatida Qozog‘iston, Rossiya va Hindiston bilan birgalikda ichki va xalqaro turizm dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilinib, gidlarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari masalasi ko‘rib chiqildi.

[gallery-14862]

– Turizmning barcha sohalar drayveri sifatidagi xizmatlarini bevosita amaliyotchilar bilan birga ko‘rib chiqish uchun to‘plandik, – deydi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori Iskandar To‘xliyev. – Joriy yilning 29 mart kuni Prezidentimiz turizm salohiyatini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida xorijiy sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish, bugungi kunda turizm sohasiga berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanish, har bir viloyatning turizm xalqasi mavjud bo‘lishi zarurligini ta’kidlagan edi. Bu xalqa doirasida nafaqat amaliyotchilar, balki ilm-fan, innovatsiya, barcha soha vakillari birgalikda yangi-yangi turistik mashrutlar, turistik paketlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Turizm salohiyati katta bo‘lgan Navoiy viloyatida mashrutlarni ishlab chiqdik. Ayni paytda Xatirchi tumanidagi ham tarixiy, ham tabiati ajoyib Sangijumon, Angidon, Oltinsoy, Maydonsoy, Navbahor tumanidagi Sarmishsoy, o‘z qadriyatlariga ega bo‘lgan Nurota tumanidagi Sentobsoy mahalliy va xorijlik sayyohlar e’tiborini tortadigan joylar hisoblanadi. Institutimiz olimlari hududning turizm ob’ektlari tarixini o‘rganib, ular to‘g‘risidagi kontentni boyitish maqsadida ilmiy xulosalar tayyorlashdi.  

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan treninglar viloyatdagi dam olish va ko‘ngilochar yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining bilim va malakasini oshirishga xizmat qildi.  

Tadbir so‘nggida faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm milliy iqtisodiyotning muhim drayveri