O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport yo‘nalishlarida infratuzilmani jadal rivojlantirish, ob’ektlardan samarali foydalanish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6199-son farmoni hamda 2021 yil 6 apreldagi “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5054-son qaroriga muvofiq:

1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar turizm faoliyati sub’ektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 10 AQSH dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 25 AQSH dollari miqdorida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

2. Belgilansinki, 2022 yil 1 maydan boshlab yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan har bir tashabbuskorga 50 million so‘m miqdorida, jami 10 milliard so‘mgacha grantlar ajratiladi. Bunda:

grant mablag‘lari onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratishga, xorijiy mamlakatlardagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;

grant mablag‘lari belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

Bosh vazir o‘rinbosari A.A.Abduxakimov 2022 yil 1 martga qadar yosh tadbirkorlarga grant ajratish tartibini tasdiqlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 avgustdagi “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5232-son qaroriga muvofiq, Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining asosiy moliyaviy manbai hisoblangan turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash 2021 yil 1 sentyabrdan to‘xtatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) 2022 yil 1 fevraldan 2023 yil 1 yanvarga qadar Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har oyda 2,5 milliard so‘m miqdoridagi qo‘shimcha transfertlar Davlat byudjetidan ajratilishini ta’minlansin.

4. Turizm va sport vazirligi (A.A.Abduxakimov):

a) mazkur farmonning 3-bandiga muvofiq ajratilayotgan mablag‘larni Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibida belgilangan maqsadlar, shu jumladan, hududlardagi salohiyatli turizm ob’ekti va maskanlarini birlamchi choralarni ko‘rgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targ‘ib qilish, xorijiy turizm va sport yarmarkalarida, ko‘rgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish, vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirsin hamda ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.

Bunda, Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Turizm va sport vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishilgan yutuqlarga qarab amalga oshiriladi;

b) Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida har chorakda Moliya vazirligiga hisobot taqdim etib borsin.

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Z.O.Kazakov Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin;

v) Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga mazkur farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

7. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduxakimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

        Prezidenti                                                               Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2022 yil 15 yanvar

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida