Turizm hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi
Tarixiy obidalari, boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari va betakror sayyohlik maskanlari bilan dunyo eʼtiborini tortayotgan Buxoro xalqaro turizm maydonida öz örnini yanada mustahkamlaşga intilmoqda. Bu borada xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni kengaytiriş, ilğor tajribalarni örganiş va ularni mahalliy şaroitga tatbiq etiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan turizmni iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biriga aylantiriş, hududlarning mavjud salohiyatidan samarali foydalaniş, xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş hamda xizmatlar kölamini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, turizmni rivojlantirişda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, yangi yönalişlarni yaratiş va hududlarning öziga xos jihatlarini jahonga tanitiş ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Ana şu vazifalar ijrosi doirasida Buxoroda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari hamda viloyat turizm boşqarmasi masʼullari iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida Buxoroning turistik salohiyatini yanada yuksaltiriş, sohada mavjud muammolarni aniqlaş va ularga amaliy yeçimlar işlab çiqiş, Yaponiyaning ilğor tajribasini mahalliy turizm tizimiga joriy etiş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, Buxoroda şakllangan sayyohlik tajribasi va hududning boy madaniy merosini Yaponiyada keng tarğib etiş imkoniyatlariga ham eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda turizm raqobati faqat tarixiy obidalar yoki diqqatga sazovor manzillar bilan emas, balki sayyohga taklif etiladigan xizmatlar sifati, sayohat taassurotlarining xilma-xilligi va hududning öziga xos jozibasi bilan ham belgilanadi. Şu nuqtai nazardan, Buxoroda yangi taşkil etilayotgan turistik maskanlar, xususan, turizm qişloqlarining imkoniyatlarini kengaytiriş muhim yönaliş sifatida körib çiqildi.
Uşbu maskanlarning jozibadorligini oşiriş, mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qiliş, milliy hunarmandçilik, urf-odatlar, anʼanaviy turmuş tarzi va mahalliy taomlar bilan boğliq sayyohlik xizmatlarini rivojlantiriş böyiça takliflar ilgari surildi. Şu bilan birga, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qiliş, yangi marşrutlarni şakllantiriş va mavsumiylik taʼsirini kamaytiriş orqali yil davomida sayyohlar oqimini taʼminlaş masalalari muhokama etildi.
Albatta, Yaponiya tajribasini örganiş bu borada alohida ahamiyatga ega. Zero, turizmni samarali taşkil etiş, mahalliy resurslardan oqilona foydalaniş, xizmatlar sifatini oşiriş va sayyohlik mahsulotlarini xalqaro bozor talablariga moslaştirişda tajriba almaşiş yangi imkoniyatlarga yöl oçadi.
Uçraşuvda özaro tajriba almaşiş, innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş, hududlarning turistik imkoniyatlarini xalqaro miqyosda tarğib qiliş orqali ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlaş istiqbollari ham körib çiqildi.
Mazkur muloqotning ahamiyati şundaki, u Buxoro turizmini faqat mavjud tarixiy meros bilan çeklab qöymasdan, uni zamonaviy xizmatlar, yangi sayyohlik yönalişlari va xalqaro hamkorlik asosida rivojlantirişga qaratilgan. Eng muhimi, bunday aloqalar orqali viloyatning turistik mahsulotlarini yangi bozorlarga olib çiqiş, sayyohlar geografiyasini kengaytiriş va mahalliy aholi uçun qöşimça daromad manbalarini yaratiş imkoniyatlari yuzaga keladi.
Zero, Buxoroning boy tarixi va madaniy merosi uning asrlar davomida şakllangan boyligi bölsa, bu salohiyatni zamonaviy turizm talablari asosida namoyon etiş kelajak taraqqiyotining muhim omilidir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri