Toshkentda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diplomatik vakolatxonalar vakillarining madaniy an’analar va milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tdi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan festivalda xorijiy davlatlar elchixonalari xodimlari o‘z xalqlari san’ati, hunarmandchiligi va boshqa an’analarini namoyish etuvchi madaniyat targ‘ibotchilari, turli millatlar milliy taomlarini taqdim etuvchi oshpazlar, qandolatchilar sifatida ishtirok etadi. Zero, elchilar, diplomatiya sohasida xizmat qiluvchi xodimlar faoliyatida xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni kengaytirish, ijtimoiy yo‘nalishda faol ish olib borish juda muhim.

– Keyingi yillarda serquyosh yurtimiz haqiqatan xalqaro anjumanlar, festivallar, forumlar mamlakatiga aylandi, – deydi XVII Madaniy an’analar va milliy taomlar festivalining ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov. – Bunday tadbirlar xalqlarni birlashtiradi, millatlararo totuvlikni kuchaytiradi.

Bu yilgi festival poytaxtimizdagi Botanika bog‘ida tashkil etildi. Buning o‘ziga xos ramziy ma’nosi bor. Zero, anjuman bu gal “Tabiatni asraymiz” deb nomlandi.

Festivaldan maqsad xorijiy davlatlar vakillarini bugungi kunda O‘zbekistonning turistik salohiyatini yanada kuchaytirish, uning xalqaro maydondagi imijini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor etish, diplomatik vakolatxonalar xodimlarining namunali dam olishini tashkil etish, ishtirokchi va mehmonlarga dunyoning turli mamlakatlari madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini yaratishdan iboratdir.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan festivalga ishtirokchilar va mehmonlar tomonidan qiziqish juda yuqori bo‘ldi. Odatga ko‘ra, diplomatik vakolatxonalar xodimlari milliy taomlarini bor o‘ziga xosligi bilan taqdim qilish imkoniga ega bo‘ldi.

– Bu festivalda bir necha bor qatnashganman, – deydi Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Vladimir Tyurdenev. – Ko‘z o‘ngimizda anjumanning saviyasi yildan-yilga o‘sib boryapti. Ishtirokchi davlatlar, qatnashchilar soni, festivalga bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda.

Mazkur festival o‘z oldiga xayriya maqsadlarini qo‘yadi. Ya’ni, anjumanda taqdim etilgan taomlar savdosidan tushgan mablag‘lar Toshkent shahridagi mehribonlik uylariga hadya qilinadi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning turistik salohiyati ham taqdim etildi. Bog‘da mamlakatimizning barcha mintaqalari vakillari mehmonlarni o‘z hududlari tarixi, bebaho madaniy va me’moriy yodgorliklari, ma’naviy merosi, an’analari, xalqimizning o‘ziga xos urf-odatlari, tabiiy boyliklari bilan tanishtirdi, milliy taomlarimiz namoyish etildi.

Festival yakunida hakamlar hay’ati bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ko‘rgazmalar, namoyishlar, ijrolar, shuningdek, o‘ziga xos ta’m, sifat, bezagi bilan e’tiborga tushgan taomlarni e’tirof etishdi. Barcha ishtirokchilarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turfa xalqlar an’analari va milliy taomlari namoyish etildi
Жамият
16:48 / 23:09:2019