Turdiyeva Feruza Alisherovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Arid hududda subirrigatsiya texnologiyasini ekologik-meliorativ-gidrologik asoslash va takomillashtirish (Qashqadaryo daryosi havzasi misolida)» mavzusida
Turdiyeva Feruza Alisherovnaning 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «Arid hududda subirrigatsiya texnologiyasini ekologik-meliorativ-gidrologik asoslash va takomillashtirish (Qashqadaryo daryosi havzasi misolida)» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD.18/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 25-sentabr soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, Chimkent tor ko‘chasi, 2-uy. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti binosi, 2-qavati.