-

Joriy yil 16 iyun kuni islohotlar samaradorligi va hududlardagi ishlar tahlili yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezident tomonidan berilgan topshiriqqa muvofiq, Strategik islohotlar agentligi tomonidan tuman va shahar hokimliklari faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan Prezident Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda hokimlarga 500 dan ziyod vazifa yuklatilgan bo‘lib, kadrlar va boshqaruv resurslari yetarli emasligi tufayli ularni to‘liq bajarish qiyin kechmoqda. Masalan, hokimlar mahalliy tashkilotlarning faoliyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnata olmaydi, rahbar tayinlash, shtatlarni taqsimlash yoki xodimlarni rag‘batlantirishda ta’sir imkoniyati cheklangan.

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2026 yil oxiriga qadar 32 ta tuman va shaharda boshqaruvning yangi tartibi joriy etiladi. Unda 9 ta vazirlik va idoraning hududiy bo‘linmalari hokimlik tuzilmasiga o‘tkaziladi. 

Jumladan:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi

Madaniyat vazirligi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Yoshlar ishlari agentligi.

Shu bilan hokimlar ushbu tuzilmalarga to‘liq rahbarlik qilib, shtat birliklarini mustaqil belgilaydi, kadrlarni tayinlaydi va ozod etadi, rag‘bat yoki intizom choralarini qo‘llay oladi.

Hozirda tuman hokimlarining 6 nafar o‘rinbosari mavjud bo‘lib, ularning vazifalari hudud sharoitiga qaramay bir xil taqsimlangan. Loyihaga ko‘ra, tajriba-sinov davrida o‘rinbosarlar soni 4 nafarga tushiriladi va hokimlarga yo‘nalishlarni o‘z hududi ehtiyojidan kelib chiqib belgilash huquqi beriladi.

Shuningdek, rahbar va ijrochi xodimlar o‘rtasidagi mutanosiblik qayta ko‘rib chiqiladi. Ayrim hokimliklarda rahbarlar soni ko‘p, ijrochilar esa kam. Loyihada har bir rahbarga kamida 3 nafar ijrochi to‘g‘ri kelishi belgilangan.

Yangi tizimni joriy etishda xorijiy tajribalar ham o‘rganilgan. Chexiya modeli asosida hududlararo hamkorlik kengashlari tashkil etilishi va ular orqali tajriba almashish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, kelgusida hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumlari o‘tkaziladi va eng yaxshi tajribalar maxsus elektron platformasida to‘plab boriladi.

Ish jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida “Majlislarni boshqarish” elektron tizimi joriy etiladi.

Amaldagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun (1993-yil) ham zamon talablariga javob bermay qolgani sababli, uning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, 2026 – 2030 yillarga mo‘ljallangan davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish strategiyasi tayyorlanadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman va shahar hokimliklari boshqaruvida yangi tizim joriy etiladi