Buxoro viloyati Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Tohirov tadbirkorlari bilan uchrashdi. Tadbirkor va ishbilarmonlar faoliyati davomida duch kelayotgan to‘siq va muammolar, yosh tadbirkorlar esa istiqbolli biznes loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha murojaat qildi.

Tadbirkor Umidjon Mahmudov broyler tovuq boqishni yo‘lga qo‘yish maqsadida qurilayotgan binosi mablag‘ yetishmasligi oqibatida to‘xtab qolgani yuzasidan murojaat qildi. Muammo o‘z yechimini topdi. Tuman rahbari bino ta’mirini yakunlash uchun tadbirkorga 100 million so‘m kredit mablag‘i tuman “Xalq banki” filialidan  bir hafta mobaynida ajratilishini ma’lum qildi. 
Shuningdek, o‘z tikuv sexini ochish, tabiiy biogumis ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish  va serviz sohasi, to‘yxonani qurish kabi masalalarda murojaat qilgan tadbirkorlarga ham banklar tomonidan kerakli miqdorda kreditlar ajratiladigan bo‘ldi. 

–bugungi uchrashuv keyingi faoliyatim uchun ayni muddao bo‘ldi, – deydi “Xo‘jalar” mahallasida yashovchi tashabbuskor Oxun G‘aybullayev.  – Tuman hokimi bugun menga yaxshi taklif berdi va men buni qabul qildim. G‘isht ishlab chiqarish biznesini boshlash uchun yer topishga boshim qotgan edi. Tuman markazidagi Qorako‘l kichik sanoat zonasidan joy olib o‘z faoliyatimni boshlaydigan bo‘ldim. 

–Shaxsiy tomorqamda mo‘’jazgina bog‘ yaratganman, barcha sabzavotlar ham yetishtiramiz, – deydi  Ahmad bobo Xo‘jaqulov. –Endi oddiy dehqon emas, tadbirkor sifatida faoliyatimni davom ettirmoqchiman. Uzumchilik va  tut plantatsiyasi barpo etib, baliqchilikni yo‘lga qo‘ymoqchiman, buning uchun barcha resurslarim yetarli. Tuman rahbari shaxsan o‘zi mening uyimga tashrif buyuradigan bo‘ldi. Tadbirkorlarning murojaatlariga bo‘layotgan bunday e’tibordan mamnunman.

"Sayyod" mahallasida yashovchi tadbirkor Feruzjon Mahmudovga parrandachilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer maydoni ajratiladigan bo‘ldi. Shuningdek, "Darg‘ali"dan  kelgan tadbirkor  Nabijon Umarovning  taklifi ham ma’qullandi. Yeryong‘oq va karam yetishtirish uchun 5 gektarga yaqin yer izlab yurgan tashabbuskorga tuman hokimi tashabbusi bilan 30 gektarga yaqin yer maydoni ajratiladigan bo‘ldi. Mazkur yer maydonida "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida  kooperatsiya tashkil etiladi. Mahsulot yetishtirilib sotuvga yo‘llanadi. Sabzavot urug‘i fuqarolarga tarqatilib, mahsulot yetishtirilgach tadbirkor tomonidan fuqarolardan sotib olinadi. 

Tuman hokimining tadbirkorlar bilan uchrashuvi bir nechta tadbirkorlik subektlarining muammolariga ijobiy yechim bo‘lganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Shu kuni 80 nafardan ortiq tadbirkorlarning muammolari o‘z yechimini topdi.

Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman hokimi tadbirkorlar tashabbusini qo‘lladi