Tuman hokimi maktabga avtobus sovg‘a qildi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimligi axborot xizmatining "Telegram" messenjerida tashkil qilingan guruhida Zumrat Ochilova nomli akkaunt egasi tumanning olis hududlaridan sanalga o‘rtacho‘llik o‘quvchilarning maktabga uzluksiz qatnashi uchun yo‘l muammosi mavjudligi, bu muammo yechimi esa avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish ekanligi haqida izoh qoldirgan edi.
Tuman hokimi Ulug‘bek Fayziyev ushbu izohdagi murojaatni e’tiborsiz qoldirmadi va 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktoriga avtobus kalitini topshirdi.
Endilikda ushbu maktab o‘quvchilari ham har kuni maktabga muammosiz borib keladi va ta’lim-tarbiya oladi.
O‘zA