Tuksanova Zebiniso Izatulloyevnaning tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Osteoartroz kompleks reabilitatsiyasiga tabaqalashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqish” mavzusida
Tuksanova Zebiniso Izatulloyevnaning “Osteoartroz kompleks reabilitatsiyasiga tabaqalashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqish” mavzusidagi 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2024-yil 27-fevral kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100027, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 6-uy.
Tel.: (71) 241-52-45;
e-mail: medsport@gmail.com