Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi hamda Departamentning shahar bo‘limi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada joriy yilning 7 may kuni shahar tug‘ruq majmuasi reanimatsiya bo‘limi mudiri, Buxoro shahar Usto Shirin ko‘chasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro K.O. o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilib fuqaro H.R.ning kelini bemor L.M.ning homilasini jarrohlik yo‘li bilan dunyoga keltirganligi uchun tamagirlik yo‘li bilan kimyoviy ishlov berilgan 450 ming so‘m pullarni talab qilib olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan departamentning shahar bo‘limi tomonidan fuqaro K.O.ga nisbatan O‘z.R.JKning 214-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Zarif Komilov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tug‘ruq majmuasi reanimatsiya bo‘limi mudiri pora bilan qo‘lga tushdi