So‘nggi yillarda turli ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan fuqarolarning bir necha yil kechikib bo‘lsada tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni olayotganligi haqidagi xabar yoki lavhalarga tez-tez ko‘zimiz tushadi. Xo‘sh, nima uchun o‘sha fuqarolar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan?

Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligi, uning ota-onasi kim ekani, unda ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadigan yagona hujjat hisoblanadi. Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, o‘ziga qulay bo‘lgan FHDYO bo‘limi tomonidan bevosita yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi lozim.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etiladigan tug‘ilish va nikohni qayd etish, bekor qilish, otalikni belgilash, ismini o‘zgartirish kabi voqealar har bir inson uchun muhim ahamiyatga ega.

O‘tgan yillar davomida FHDYO bo‘limlarida davlat xizmatlarini joylarga chiqib ko‘rsatishning keng va tizimli amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Sayyor xizmat, huquqiy tushuntirishlar va ommaviy targ‘ibotlar natijasida bugungi kunga qadar, tug‘ilganlik holatini qayd etishda muddatdan o‘tib ketish holatlari kamayganini kuzatishimiz mumkin.

2019 yilda Toshkent viloyatida 1 ming 256 ta tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari muddati o‘tkazilib qayd etilgan. 2020 yilda esa bu raqam 605 tani tashkil etgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida esa 731 ta tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari muddati o‘tkazilib qayd etilgan.

Hozirgacha olmagan bolalarga guvohnomani rasmiylashtirish borasida mutassadi tashkilotlar ko‘magiga muxtojlik bor. Taxlil qiladigan bo‘lsak birgina Toshkent viloyatida maktab yoshdagi 192 nafar bolada tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma mavjud emas. FHDYO bo‘limlarning sa’y-harakati bilan maktabga boradigan 77 nafar o‘g‘il-qiz tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi. 66 nafar bolaning hujjatlari ota-onasining hujjatlari bo‘lmaganligi sababli vasiylik va homiylik bo‘limlariga topshirildi. 6 nafar bolaning hujjatlari fuqarolik sudida, 60 nafar bolaning hujjatlari esa boshqa tashkilotlarga (tibbiyot bo‘limlari va boshqa tashkilotlar) bog‘liq bo‘lgani holda rasmiylashtirilmay qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”da ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmaganda bolaning tug‘ilganligini qayd etish tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshirilishi belgilangan.

FHDYO organlari faoliyatiga zamonaviy innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi, qog‘oz hujjatlar aylanmasini kamaytirilishi, idoralararo elektron hamkorlikning yo‘lga qo‘yish natijasida nikoh, tug‘ilish va o‘lim holatlari o‘z vaqtida qayd qilinmoqda. Tug‘ilganlik va o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalarga ega shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu turdagi guvohnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib berish borasida Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Viloyatdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari orqali 2021 yilning iyun oyida umuman hujjatga ega bo‘lmagan 17 nafar shaxslarga sayyor ravishda tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etildi.

Xurriyat Duturayeva,

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi bosh maslahatchisi

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishga barcha haqli