Bugun - 2 sentyabr ustozimiz — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, yuridik fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi — Hoji-Akbar Rahmonqulov tavallud topgan kun.
Ko‘plab shogirdlarining suyukli ustozi H. Rahmonqulov yuksak bilimga ega, salohiyatli inson edi. Uning 60 dan ortiq monografiya va darsliklari, 300 dan ortiq ilmiy maqolasi, 80 ga yaqin xalqaro va respublika anjumanlaridagi ma’ruzalari e’lon qilingan.
Bundan tashqari, yetuk olim 100 dan ortiq ilmiy va o‘quv nashrlariga mas’ul muharrir bo‘lgan.
Ustozning bevosita ilmiy rahbarligida 20 dan ortiq fan doktorlik va 60 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.
Ilm yo‘lida ana shunday muvaffaqiyatlarga erishgan akademik Hoji - Akbar Rahmonqulovning xotirasi biz shogirdlar qalbida mangu yashaydi.
Komiljon Nurmirzayev,
O‘zA