Tu-154 Rossiyada soʻnggi parvozini amalga oshirdi
“Alrosa” kompaniyasiga qarashli ushbu havo kemasi bortida 140 yoʻlovchisi bilan Yoqutistonning Mirniy shahridan Novosibirskga parvozni amalga oshirdi.
Rossiya fuqaro aviatsiyasidan qolgan yagona Tu-154 oʻzining soʻnggi parvozini amalga oshirdi.
“Alrosa” kompaniyasiga qarashli ushbu havo kemasi bortida 140 yoʻlovchisi bilan Yoqutistonning Mirniy shahridan Novosibirskga parvozni amalga oshirdi.
Tu-154 Tupolev konstruktorlik byurosida yaratilgan boʻlib, ilk parvoz 1968-yil 3-oktyabrda amalga oshirilgan. Yoʻlovchi tashish esa 1972-yil 9-fevraldan boshlangan. Mazkur samolyot sobiq ittifoqdagi eng koʻp ishlab chiqarilgan oʻrtamasofaga parvoz qiluvchi reaktiv samolyot hisoblanadi.