BMTning Liviyadagi Qo‘llab-quvvatlash missiyasi (UNSMIL) kecha tunda poytaxt Tripolida yuz bergan qurolli to‘qnashuvdan xavotir bildirdi va tomonlarni jangni to‘xtatishga chaqirdi.

Avvalroq “Al Wasat” gazetasi manbalarga tayanib, Liviyada eng nufuzli shaxslardan biri, Prezident kengashi Xavfsizlik xizmati (SSA) rahbari Abdul G‘ani Al-Kikliy Tripolida o‘ldirilgani, shaharning bir necha tumanida o‘q ovozi eshitilgani haqida xabar bergan edi.

Tripolida joylashgan Liviya Milliy kelishuv hukumati (MKH) Ichki ishlar vazirligi poytaxt aholisini uyda qolishga da’vat etgan. To‘qnashuv xavfsizlik tizimining asosiy amaldori o‘ldirilgandan keyin shiddatli jangga aylanib ketgan.

Миссия ООН в Ливии обеспокоена столкновениями в Триполи - ИА "Африканская  инициатиva"

Mintaqaviy va mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, kecha kechqurun poytaxtda ikki eng yirik xavfsizlik kuchlari – 444-brigada va Barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash ma’muriyati (BQQM) o‘rtasida otishma yuz bergan.

Al-Kikliy 12 may kuni kechqurun 444-brigada qarorgohida yo‘q qilingan. Uni aldov yo‘li bilan uchrashuvga taklif qilib, o‘ldirgan bo‘lishlari mumkin. Qotillikdan so‘ng darhol jang boshlanib ketgan. Shahar karaxt holga tushgan. Rasmiylar komendantlik soati e’lon qilgach, xalqaro aeroportda barcha reyslar to‘xtatilgan.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, kamida 6 kishi jarohatlangan.

Миссия ООН в Ливии обеспокоена столкновениями в Триполи - РИА Новости,  13.05.2025

Hodisani sharhlarkan, ekspertlar Abdul G‘ani novvoylikdan harbiy qo‘mondongacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgani, 2021 yildan buyon SSA tuzilmasiga rahbarlik qilib kelganiga urg‘u bermoqda. Bu guruh rasman hukumatga bo‘ysunsa-da, amalda Tripolining salmoqli qismini mustaqil nazorat qilib, muhim moliyaviy va siyosiy resurslardan foydalangan holda, qurolli guruh sifatida faoliyat yuritgan.

Taxminga ko‘ra, hujum ortida nafaqat 444-chi, balki 111-brigada ham turibdi – har ikki tuzilma Mudofaa vazirligiga aloqador. Kuzatuvchilar bu voqeani poytaxtdagi kuchlar muvozanatini qayta shakllantirish, hokimiyatni Bosh vazir Dbeyba qo‘li ostida markazlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan noqulay shaxs sifatida, Al-Kikliyni olib tashlashga urinish sifatida izohlamoqda.

Ertalab Milliy birlik hukumati Mudofaa vazirligi “harbiy amaliyot” muvaffaqiyatli yakunlanganini e’lon qildi.

S.Rahimov,
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tripolidagi vaziyatdan jahon hamjamiyati xavotirda