Jizzaxda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatda faoliyat olib borayotgan sug‘urta tashkilotlari, IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, jamoatchilik va OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.  

Tadbirda mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish, sohada raqobatni kuchaytirish, tartibga solish tizimini yanada soddalashtirish, eng muhimi, aholiga zamonaviy va sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimiz rahbarining 2024 yil 1 martdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘tgan yilning 1 sentyabridan boshlab, barcha turdagi sug‘urta polislari Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida rasmiylashtirilayotgani va, bu o‘z navbatida, sug‘urta xizmatlari iste’molchilariga masofaviy shaklda jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatini berayotgani ta’kidlandi.

– Dastlab “Sug‘urta o‘zi nima va u nima uchun kerak?” degan savolga to‘xtaladigan bo‘lsak, inson hayoti davomida shunday hodisalar bo‘ladiki, o‘zi istamagan holda tabiiy ofatlardan, baxtsiz hodisalardan yoki to‘satdan keladigan kasalliklardan jabr chekishi mumkin, – deydi Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash kompaniyasi direktori o‘rinbosari Hamdam Boboyev. – Tabiiyki, bunday vaziyatda inson sog‘lig‘i, mol-mulki, oilaviy byudjeti zarar ko‘radi. Kutilmagan zararning o‘rnini qoplash esa oson kechmaydi. Ana shunday noxush hodisalar sodir bo‘lgan vaqtda sug‘urta moddiy zararning o‘rnini qoplashda yordamchi vazifasini bajaruvchi hisoblanadi. Sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urtalanuvchi (polis sotib oluvchi) sug‘urta badali (mukofotini) to‘laydi, sug‘urta kompaniyalari esa to‘langan haq evaziga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi. Ixtiyoriy turdagi sug‘urta shartnomalari sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta qiluvchi tomonidan kelishilgan shartlar asosida tuziladi.  

[gallery-23633]

Shu o‘rinda sug‘urta bozori statistikasiga e’tibor qaratsak. 2024 yilda jami yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari 9 trillion 800 milliard so‘mni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 20 foizga, sug‘urta to‘lovlari esa 2024 yilda 2 trillion 200 milliard so‘mni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 10 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Majburiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar esa 2024 yilda 352 milliard so‘mni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 47 foizga oshgan.

Hozir respublikamizda qonun va qonunosti hujjatlari bilan majburiy sug‘urtaning 20 ga yaqin turi mavjud bo‘lib, mamlakatimizda asosan ushbu sug‘urtaning 3 ta turi keng ommalashgan. Bular – ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majbuy sug‘urta qilish, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish turlaridir.

Majburiy sug‘urtaning mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, majburiy sug‘urta tegishli qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi, unda sug‘urta qilinadigan ob’ektlar ro‘yxati, sug‘urta javobgarligi va  qoplamasining miqdori, jarayonda ishtirok etuvchilarning huquq va majburiyatlari, sug‘urta ta’rif stavkalari ko‘zda tutiladi hamda davlat, jamiyat manfaatlariga zarar yetkazilganda, qabul qilingan qonunlar asosida jabrlanuvchilarning zararlarini qoplab berishni majbur qilib qo‘yadi.

– Bugungi kunda, yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan fuqarolarga to‘lanadigan sug‘urta puli miqdori 40 million so‘mni tashkil etib, sug‘urta pulining 35 foizi, ya’ni, 14 million so‘mi yo‘l-transport hodisasida jabrlangan fuqaroning mol-mulkiga, qolgan 65 foizi esa, ya’ni 26 million so‘mi jabrlanuvchining hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash uchun yo‘naltiriladi, – deydi “MY Insurance” AJ sug‘urta tashkiloti bosh direktori o‘rinbosari Asqar Nurmonov. – Hozir bozor iqtisodiyoti o‘sib borishi natijasida mahalliy ishlab chiqarilayotgan transport vositalari narxining oshishi, chet eldan olib kirilayotgan qimmatbaho avtomobillar sonining ortib borishi, yo‘llarda transport vositalarining harakatlanish tig‘izligi kundan kun ortib borayotganligi tufayli yo‘l transport hodisalari ko‘payishi hamda shikastlangan transport vositalarini ta’mirlash uchun ish haqi va ehtiyot qismlari narxining keskin oshganligi inobatga olinsa, amaldagi qoidalarda belgilangan sug‘urta puli kam ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Darhaqiqat, O‘zbekistonda iste’molchilar bahosining indeksi oxirgi 5 yilda 160 foizga o‘sgan, eng kam ish haqi miqdori esa 265 foizga ko‘paygan. Amaldagi sug‘urta javobgarligi miqdori 2019 yilda belgilangan bo‘lib, bugungi kunda transport vositalari uchun sug‘urta miqdori yo‘l-transport hodisasi natijasida yetkazilgan zararni to‘liq va o‘z vaqtida qoplab berish imkonini bermayapti.  

Bundan tashqari, 2008 yilda belgilangan 3 ming AQSH dollari miqdoridagi sug‘urta javobgarligi deyarli amaldagi sug‘urta javobgarligi bilan barobar hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha bir qator muhim o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.  

Ushbu o‘zgarishlar, eng avvalo, sohada samaradorlikni oshirish, raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish hamda yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilishi bilan ahamiyatlidir.  

Shularni hisobga olib, yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan shaxslarni yaqindan qo‘llab-quvvatlash maqsadida sug‘urta puli miqdori 40 million so‘mdan 80 million so‘mga oshirilishi natijasida sug‘urta pulining 35 foizini, ya’ni, 28 million so‘mni yo‘l-transport hodisasida jabrlanuvchining mol-mulkiga, qolgan 65 foizi – 52 million so‘m jabrlanuvchining hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash uchun yo‘naltirilish orqali jabrlanuvchilarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning salmoqli qismi qoplab beriladi. Bundan tashqari, baxtsiz hodisa oqibatida yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarning qoplanish ko‘lamining kengaytirilishi orqali sug‘urta tovonini to‘lab berish yuzasidan beriladigan da’vo arizalarining ijobiy hal etilishini 90 foizga oshirishga erishiladi.  

Anjumanda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar qayd etilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Transport vositalarining sug‘urta summasi zararni qoplay oladimi?