Transport tizimini raqamlashtirish sharoitida sun'iy intellektning huquqiy maqomi va qonunchilikni takomillashtirish masalalari
Dilafruz Abdug‘ani qizi ALLANAZAROVA mustaqil izlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Toshkent, Oʻzbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada transport majmuasini raqamlashtirish va intellektual transport tizimlarini joriy etish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy, ijtimoiy va ontologik muammolar tahlil qilingan. Xususan, sun'iy intellekt va haydovchisiz (avtonom) transport vositalarining huquqiy maqomini belgilash, yo‘l-transport hodisalarida yuridik javobgarlikni taqsimlash, kiberxavfsizlik hamda soha xodimlarining ijtimoiy-psixologik kafolatlari kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, amaldagi tarqoq transport qonunchiligini tizimlashtirish, tarmoqlararo kolliziyalarni bartaraf etish va multimodal tashuvlarni tartibga solish maqsadida yagona Transport kodeksini qabul qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
Tayanch so‘zlar: transport huquqi, sun’iy intellekt, avtonom transport vositalari, raqamlashtirish, yuridik javobgarlik, kiberxavfsizlik, Transport kodeksi, multimodal tashuvlar, kiber-fizik tizimlar.