Transmilliy kompaniyalar tanlovi: işlab çiqariş quvvatlari yana Xitoyga qaytmoqda
Jahon iqtisodiyotidagi raqobat şaroitida işlab çiqarişni qayerda taşkil etiş masalasi kompaniyalar uçun strategik ahamiyat kasb etmoqda. Bir neça yil avval xarajatlarni kamaytiriş va savdo tariflari bilan boğliq xavflarni pasaytiriş maqsadida işlab çiqariş quvvatlarini Xitoydan boşqa mamlakatlarga köçirişga intilgan ayrim yirik kompaniyalar bugun öz qarorlarini qayta körib çiqmoqda. Xususan, kompyuter işlab çiqaruvçi xalqaro brendlar ayrim işlab çiqariş liniyalarini yana Xitoyga qaytarişni boşladi.
“Nikkei Asia” naşri xabar berişiça, “HP”, “ASUS” va “Acer” kabi yirik kompyuter işlab çiqaruvçilar Janubi-Şarqiy Osiyodagi ayrim işlab çiqariş quvvatlarini Xitoyga köçirmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri sunʼiy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir paytda xotira mikrosxemalariga talabning keskin ortişi va ular taqçilligining yuzaga kelişidir. Natijada kompyuter işlab çiqariş xarajatlari ham sezilarli oşmoqda.
Kompyuter işlab çiqariş köplab tarkibiy qismlar va murakkab texnologik jarayonlarni öz içiga oladi. Protsessor, xotira qurilmalari, displey, akkumulyator va boşqa butlovçi qismlarning mavjudligi, ularni yetkazib beriş tezligi hamda işlab çiqariş jarayonlarining muvofiqlaştirilişi mahsulot tannarxiga bevosita taʼsir körsatadi. Şu nuqtai nazardan, Xitoyda şakllangan keng qamrovli elektron sanoat zanjiri, işlab çiqariş salohiyati va malakali mutaxassislar bazasi kompaniyalar uçun muhim ustunlik bölib qolmoqda.
“Omdia” tadqiqot kompaniyasi maʼlumotlariga köra, 2025-yil boşida narxi 699 dollar bölgan oddiy noutbukning butlovçi qismlari qiymati taxminan 435 dollarni taşkil etgan. Hozir esa şunday kompyuterni işlab çiqariş uçun zarur materiallar xarajati 699 dollarga yetgan. Asosiy komponentlarning umumiy tannarxdagi uluşi ham 45 foizdan 68 foizga kötarilgan.
Aslida, sönggi ikki yilda savdo tariflari siyosati taʼsirida köplab transmilliy kompaniyalar buyurtmalar va işlab çiqariş quvvatlarini Xitoydan taşqariga köçirişga harakat qildi. Biroq amaliyot şuni körsatmoqdaki, yangi işlab çiqariş maydonlarini taşkil etiş, taʼminot zanjirlarini yölga qöyiş va barqaror işlab çiqarişni taʼminlaş har doim ham kutilgan natijani bermayapti.
Masalan, 2024-yilda AQŞning “Steve Madden” poyabzal brendi Xitoydagi buyurtmalar uluşini sezilarli kamaytirişni rejalaştirgan edi. Keyinçalik kompaniya uşbu mamlakatda işlab çiqarişning bir qismini qayta yölga qöydi. Qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqaruvçi yana bir amerikalik kompaniya Hindistonga buyurtmalarning bir qismini köçirişga urinişi muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan söng avvalgi xitoylik yetkazib beruvçilari bilan hamkorlikni tikladi.
Xitoy Savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro savdo va iqtisodiy hamkorlik akademiyasi ilmiy xodimi Çjou Mi “Sanlixe” loyihasiga bergan intervyusida xorijiy korxonalarning Xitoyga qaytişiga mamlakat bozorining ham iqtisodiy ustunliklari, ham jalb etuvçi imkoniyatlari taʼsir körsatayotganini taʼkidlagan.
Uning fikriça, yetkazib beriş zanjirlari, xomaşyo taʼminoti barqarorligi va savdo siyosati nuqtai nazaridan Xitoyning işlab çiqariş imkoniyatlari boşqa mamlakatlarga nisbatan tizimli va kompleks xususiyatga ega. Şu bilan birga, mamlakat içki bozorining kengayişi, oraliq mahsulotlarga talabning ortişi ham xorijiy kompaniyalar uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Xorijiy sarmoyadorlarning mamlakatga qiziqişi faqat işlab çiqariş buyurtmalarining qaytişi bilan çeklanmayapti. Xitoy Savdo vazirligi maʼlumotlariga köra, joriy yilning dastlabki töqqiz oyida xorijiy kapital iştirokidagi 6 ming 300 dan ortiq korxona mamlakatdagi sarmoyalarini oşirgan. Yuqori texnologiyali tarmoqlarga xorijiy investitsiyalar oqimi esa 33,8 foizga ösib, umumiy investitsiyalar hajmining 40 foizidan oşgan.
Çjou Mi bu jarayonni işlab çiqariş va isteʼmol bozori imkoniyatlarining özaro uyğunligi bilan izohlaydi. Uning taʼkidlaşiça, Xitoydagi yetkazib beriş zanjirlari nisbatan past xarajatlar, işonçlilik va innovatsion salohiyat bilan ajralib turadi. Yirik içki bozor esa kompaniyalarga mahsulotlarni sinab köriş, takomillaştiriş va yangi yeçimlarni amaliyotga tatbiq etiş uçun keng imkoniyat beradi.
Bunga Finlyandiyaning lift va eskalatorlar işlab çiqaruvçi “KONE” kompaniyasi faoliyati ham misol böla oladi. Xitoy kompaniyaning eng yirik alohida bozori, şuningdek, Finlyandiyadan taşqaridagi eng katta tadqiqot markazi hisoblanadi. Kompaniyaning ijroçi vitse-prezidenti, Katta Xitoy mintaqasi böyiça rahbari Bao Szyafenning fikriça, uşbu mamlakatning qadri faqat işlab çiqariş xarajatlarining nisbatan pastligi bilan belgilanmaydi. Bu yerda raqamli xizmatlar modellarini qisqa muddatda sinovdan ötkaziş, ularni keng bozorga tatbiq etiş va keyinçalik xalqaro miqyosda taklif qiliş imkoniyati mavjud.
Ayni paytda işlab çiqariş, ilmiy-tadqiqot va texnologik işlanmalarni amaliyotga joriy etiş borasidagi hamkorlik ham kengaymoqda. 2026-yil 2-5-noyabr kunlari Ujen şahrida ötkazilgan Butunjahon internet konferensiyasida sunʼiy intellektning oçiq ekotizimi, intellektual agentlar va jismoniy muhitda harakat qila oladigan sunʼiy intellekt tizimlari kabi yönalişlar muhokama qilindi. Sunʼiy intellektning işlab çiqariş tarmoqlari bilan integratsiyalaşuvi xalqaro sanoat hamkorligi uçun ham yangi imkoniyatlar oçmoqda.
Çjou Minning taʼkidlaşiça, Xitoyda texnologik va işlab çiqariş zanjirlarini birlaştiriş, ilmiy-texnikaviy yutuqlarni amaliyotga tezroq tatbiq etişga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa korxonalarga bozor talabini tezroq anglaş, mahsulotlarni takomillaştiriş va innovatsion salohiyatini oşiriş imkonini bermoqda.
Şu maʼnoda, transmilliy kompaniyalarning işlab çiqariş quvvatlarini Xitoyga qayta yönaltirişi global iqtisodiyotdagi muhim jarayonlardan birini aks ettiradi. Zero, bugun kompaniyalar uçun faqat işlab çiqariş xarajatlarini kamaytiriş emas, balki barqaror taʼminot, malakali kadrlar, texnologik imkoniyatlar va istiqbolli bozorlarga ega böliş ham hal qiluvçi ahamiyat kasb etmoqda.
Işlab çiqariş manzilini özgartiriş mumkin. Biroq korxonalar uçun eng maqbul muhitni topiş, mahsulotni bozorga tezroq olib çiqiş va uzoq muddatli ösişni taʼminlaş har qanday qarorning asosiy mezoni bölib qolaveradi.
Nilufar Bozorova, ÖzA