Transfermarkt JCh-2026 yo‘llanmasini qo'lga kirita olmagan eng qimmat terma jamoalarni e’lon qildi
Transfermarkt portali Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma ololmagan eng qimmat terma jamoalar ro‘yxati bilan bo‘lishdi.
Reytingning mutlaq yetakchisi sifatida birinchi o‘rinni Italiya terma jamoasi (834 mln yevro) egalladi. Undan keyingi o‘rinda katta farq bilan Daniya terma jamoasi (375 mln yevro) bormoqda. Uchinchi pog‘ona 299 mln yevroga baholangan Serbiya terma jamoasiga nasib etdi.
To‘rtinchi o‘rindan Gretsiya (288 mln yevro), beshinchi o‘rindan esa Ukraina terma jamoasi (262 mln yevro) joy oldi. Oltinchi ko‘rsatkich Polsha terma jamoasiga (215 mln yevro) tegishli bo‘ldi.
Reytingda Yevropadan tashqari birinchi bo‘lib qayd etilgan jamoa Nigeriya (209 mln yevro) bo‘lib, u yettinchi o‘rinni egalladi. Sakkizinchi o‘rinda Vengriya (206 mln yevro), to‘qqizinchi o‘rinda esa Uels (198 mln yevro) qayd etildi. Kuchli o‘nlikni Kamerun terma jamoasi (197 mln yevro) yakunlab berdi.