Trampning yangi rejasi, Qodirovning 99,85 foizlik natijasi va g‘ayrioddiy o‘g‘irlik
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida AQSH Prezidenti Donald Trampning Vashingtondagi G‘alaba arkini harbiy majmuaga aylantirish rejasi, Isroil prezidentining yaralangan falastinlikni o‘ldirgan harbiy xizmatchining sudlanganligini olib tashlagani, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning saylovda 99,85 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani hamda Italiyada maktablarda burqa va niqob kiyishni taqiqlash rejasi haqida so‘z boradi.
Shuningdek, “Tolibon” tomonidan hibsga olingan xorijlik ayolning ozod etilishi va Avstraliyada 800 mingdan ortiq asalarining o‘g‘irlab ketilgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov,
Yoqub Meliboyev, O‘zA