Trampga yana suiqasd uyushtirildi(mi)?
“The New York Times” nashri yozishicha, noma’lum shaxs AQSH prezidenti va ma’muriyatining qator yuqori martabali mulozimlari ishtirok etayotgan Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining yillik ziyofati o‘tkazilayotgan “Washington Hilton” mehmonxonasida otishma uyushtirgan.
Ta’kidlanishicha, mamlakat yetakchisi, amaldorlar va tadbir ishtirokchilari voqea joyidan darhol evakuatsiya qilingan.

Keyinroq Tramp Maxfiy xizmat xodimlari o‘q uzganlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga olganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, hujumni sodir etgan shaxs – 31 yoshli Koul Tomas Allen bo‘lib, u Kaliforniya shtatining Torrans shahrida yashaydi. Biroq bu ma’lumot hozircha rasmiy huquq-tartibot idoralari tomonidan tasdiqlanmagan, tergov ishlari davom etmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida xabar berilmagan. Oradan biroz vaqt o‘tib, Tramp brifing o‘tkazdi.
- Vashingtondagi tadbirda otishma uyushtirgan shaxs o‘zi bilan bir nechta qurol olib yurgan, - dedi Qo‘shma Shtatlar prezidenti voqeaga izoh berar ekan.
O‘.Alimov, O‘zA