AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar berdi Euronews.

AQSH prezidenti iyul oyidagi bayonotida, agar 50 kun ichida Ukrainada tinchlik kelishuviga erishilmasa, Rossiyaning neft va gazini xarid qiluvchi mamlakatlarga nisbatan 100 foizlik ikkilamchi bojlar joriy etilishini bildirgan edi. Keyinchalik Tramp bu muddatni 10 kun qilib belgiladi. Agar 8 avgustgacha muzokaralar natija bermasa, Vashington yanada qattiq choralar ko‘rishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, keyingi qadamlar Stiv Uitkoffning Moskvada olib borayotgan muzokaralar natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga AQSH yetakchisi Rossiyaning bugungi kunda sanksiyalarga qarshi ancha yaxshi kurashayotganini tan olgan. 

- Insonlar o‘lishini to‘xtatadigan kelishuv zarur, - degan Tramp. - Urushni to‘xtatishni istaymiz. Kimdir bu yo‘lda birinchi qadamni tashlashi shart. 

U ayni dam Hindiston–Pokiston, Kambodja–Tailand hamda Kongo–Ruanda o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni misol sifatida keltirgan.

Stiv Uitkoffning Moskvaga kelishi asnosida Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Zelenskiy suhbatni “samarali” baholab, asosiy mavzu urushni to‘xtatish ekanini ta’kidladi. U Trampga "tinchlikka erishish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlari uchun" minnatdorlik bildirgan.

Zelenskiyning ta’kidlashicha keng ko‘lamli sanksiyalar Rossiyani muzokaralar jarayonida amaliy natija sari yurishga majbur qilishi mumkin.

- Rossiya iqtisodiyoti pasayishda davom etyapti, - dedi u. - Kreml masalaning shu jihatiga e’tibor qaratadi va Trampning qat’iyatini ham inobatga oladi deb o‘ylayman.

Nemis matbuotining xabariga ko‘ra Tramp Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan ham gaplashgan. Kremldagi uchrashuvlar haqida to‘xtalib, kutilganidan ham samarali bo‘ldi, degan.

Bloomberg esa Kreml dron va raketa zarbalarini vaqtincha to‘xtatish imkonini ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi. 

– Binobarin, bu harbiy harakat to‘liq to‘xtalishini anglatmaydi, - deyilgan agentlik xabarida. 

- Agar Ukraina ham rozilik bildirsa, “havo sulhi” amalga oshishi mumkin. 

Rossiya rasmiylari Uitkoff tashrifi arafasida ikkilamchi sanksiyalarga duchor bo‘lmaslik uchun Trampga bir qator imtiyozli takliflarni ishlab chiqqanligini ma’lum qilgan. Masalan, eng yaxshi variantlardan biri vaqtinchalik havo sulhi, deya misol keltirgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Uitkoff bilan uchrashuvlarning ahamiyatini tasdiqlagan bo‘lsa-da, aniq muzokara mazmuniga sharh bermagan. Putin va Tramp vakilining o‘zaro suhbati uch soatlar davom etgan. Rossiya yetakchisining Xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakovning ta’kidlashicha, suhbatda nafaqat Ukraina bilan bog‘liq masalalar balki, AQSH bilan amalga oshishi kutilayotgan strategik hamkorlik masalalari ham muhokama qilingan.   

Uitkoffning Moskvaga tashrifi Tramp ma’muriyatining Ukraina urushini diplomatik yo‘l bilan hal qilishga qilgan jiddiy qadami sifatida baholanmoqda. New York Timesning so‘nggi xabariga ko‘ra Tramp kelasi haftadi Putin va Zelenskiy bilan uchrashishi ham mumkin. Siyosiy ekspertlar esa ko‘p muammolarning yechimi shu uchrashuvga bog‘liq, deya taxmin qilishmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tNfe8VjlyYc" title="Tramp vakili Putin bilan uchrashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp vakili Putin bilan uchrashdi (+video)