Tramp va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi
Xitoy Raisi Si Szinpin Oq uyda o‘zi sharafiga uyushtirilgan davlat kechki ziyofatida o‘sha kuni ertalab AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan “ochiq va batafsil fikr almashish, ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro tushunish”ga erishganliklarini aytdi.
Xitoy rahbari so‘zlariga ko‘ra, kelishuvlar o‘zaro munosabatga yangi ma’no bag‘ishlaydi va “strategik barqarorlik” deya ta’riflanadi.
Si Szinpin AQSH va Xitoy yangi savdo kelishuviga erishganini e’lon qilib, bu voqeani ikki mamlakat sanoati hamda xalqi, shuningdek global iqtisodiyot uchun yaxshi yangilik sifatida talqin qildi.
O‘z navbatida Tramp muzokarani “ajoyib uchrashuv” deb atab, farovonlik va xavfsizlikni ta’minlaydigan ikki tomonlama munosabatni mustahkamlashda davom etish zarurligini ta’kidladi.
Prezident savdo masalasida erishilgan yutuqlar amerikalik fermerlarning Xitoy bozoriga kirish imkoniyatini kengaytirishiga ishonch bildirdi. Muzokara mavzulari orasida savdo, sun’iy intellekt va xavfsizlik masalalari bor edi.
Bir kun oldin Vashington va Pekin tarif sulhini yana ikki oyga uzaytirgan edi.
S.Rahimov, O‘zA