Janubiy Koreyaning Pusan shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tramp Vashington va Pekin uzoq muddatli ”ajoyib munosabat” o‘rnatishini e’lon qildi.

- Bugun ko‘p yillik do‘stim, hurmatli Xitoy rahbari bilan uchrashish men uchun sharaf, - dedi Oq uy rahbari. - Biz izchil muzokara olib boramiz. Menimcha, allaqachon ayrim masalalarni hal qilganmiz va endi yana ko‘p mavzular bo‘yicha kelishuvga erishamiz. Rais Si buyuk davlatning buyuk rahbari. 

U tomonlar savdo bo‘yicha ham til topishishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

O‘z navbatida, XXR yetakchisi ham muhim savdo va iqtisodiy kelishmovchiliklarni hal qilish bo‘yicha bir to‘xtamga kelinganini ta’kidladi. Uning fikricha, Xitoy va AQSH bir-biri muvaffaqiyatiga ko‘maklashish va umumiy farovonlikka erishishga qodir. Shuningdek, Si Szinpin Trampning Yaqin Sharqda hamda Kamboja va Tailand o‘rtasidagi tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatini yuqori baholadi. Xitoy va Qo‘shma Shtatlar ikkala mamlakat va dunyo manfaati uchun yanada mazmunli, amaliy va foydali maqsadlarga erishish uchun hamkorlikda ishlashi mumkinligiga urg‘u berdi.

Shu bilan birga Pekin va Vashington “turli milliy sharoitlarga egaligi bois, Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi kelishmovchilik tabiiy hol" dedi. Qolaversa,Chin mamlakati rivojlanishi “Amerikani yana buyuk qilish” qarashiga zid emasligini ta’kidladi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp va Si Szinpin Janubiy Koreyada uchrashdi