Tramp Ukrainaning Rossiyaga qarshi samarali zarbasidan juda ta’sirlandi
“Financial Times” xabar berishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisidagi nishonlarga qarshi yaqinda amalga oshirgan uzoq masofali zarbalaridan “juda ta’sirlangan va ruhlangan”.
Ukraina rasmiysi so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy va Tramp o‘tgan hafta Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti davomida kechki ovqat vaqti uzoq suhbatlashgan. Ma’muriyatning yuqori lavozimli amaldorlari Tramp Kiyevni ko‘proq qo‘llab-quvvatlay boshlaganiga urg‘u bergan. Qolaversa, Amerika yetakchisi urushni tugatish uchun RFga bosim o‘tkazishga tayyorligi alomati ham sezilganini aytgan.
Shu bilan birga Kiyevdagi manbalar AQSH rahbari bunday va’dalarni bajarishiga “ehtiyotkorlik va umidvorlik”, ammo biroz shubha bilan qarashyapti. Zero, Tramp ilgari ham ko‘p va’da bergan.
S.Rahimov, O‘zA