Tramp: Ukraina inqiroziga yo‘l qo‘ymagan bo‘lar edim
“Oq uyda qolganimda Ukraina atrofidagi vaziyat hozirgi ahvolga tushmagan, shuningdek, inflyatsiya tez o‘sishining oldi olingan bo‘lar edi”.
AQSH sobiq Prezidenti Donald Trampning bu so‘zlarini “CNN” televideniyesi iqtibos qilib keltirdi.
“Hozir mamlakatimizda ishlar yaxshi ketmayotganini bilaman: Yevropadagi urush nazoratdan chiqib ketdi, inflyatsiya eng yuqori darajaga yetdi, fond bozori uchun oxirgi olti oy og‘ir keldi, davlatimiz tarixida energiyaning eng baland narxini ko‘ryapmiz.
Men davlat rahbari bo‘lganimda bunday dahshatli voqealar sodir bo‘lmasdi”.
Tramp, shuningdek, amerikaliklarni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, uning o‘zi va tarafdorlari “Amerikani yana buyuk qilishi” to‘g‘risida bayonot berdi.