AQSH Prezidenti Donald Tramp kuni kecha jurnalistlar bilan uchrashuvda Vashington xorijiy davlatlarga yangi majburiyat haqida bildirishnoma yuborishini ma’lum qildi.

— Biz turli mamlakatlarga xat jo‘natishni boshlaymiz, — degan Amerika yetakchisi. — Ertaga 10-12 mamlakatga jo‘natamiz, yaqin kunlarda — menimcha 9 iyulgacha hamma davlat qamrab olinadi. 10, 40, 60 va 70 foizlik boj 1 avgustdan kuchga kiradi. Bu juda muhim, Amerika uchun juda katta pul.

Binobarin, Oq uy rahbari qaysi davlatlar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan.

Bir kun avval moliya vaziri Skott Bessent hamkorlarga murojaat qilib, muzokarani kechiktirmaslikdan ogohlantirdi. Aks holda import boji 2 apreldagi darajaga qaytishi mumkinligini eslatdi.

Tramp Oq uyga qaytgach, savdo siyosatini qat’iylashtira boshladi. Xususan, Meksika va Kanada importiga yangi tarif tartibi joriy etildi, Xitoy uchun ham boj oshirildi: po‘lat, alyuminiy va avtomobillarga nisbatan.

Tarif siyosatiga doir haqiqiy yangilik 2 aprelda e’lon qilindi. Vashington mamlakatlarga alohida boj belgilab, asosiy stavkani o‘n foizda qoldirdi. 57 mamlakatga yuqori stavka qo‘yildi. Bir hafta o‘tgach, tarif oshirilishi to‘xtadi va Qo‘shma Shtatlar ko‘plab savdo hamkorlari bilan muzokara boshladi.

Amerika Ta’minotni boshqarish instituti ma’lumotiga ko‘ra, bunday savdo siyosati Qo‘shma Shtatlarda sanoat faolligini pasaytiradi, ta’minot zanjirida jiddiy uzilish keltirib chiqaradi.

Biznes omon qolish uchun o‘zi harakat qilishi lozim, chunki kompaniyalar xarajat o‘sishini o‘z mablag‘i hisobidan qoplashga majbur bo‘ladi. Shu bilan birga, bozorlar Trampning keskin bayonotlarini tobora ko‘proq e’tiborsiz qoldirmoqda. Zero, Amerika yetakchisi avval ham investorlarning keskin munosabatidan keyin chorani bir necha bor yumshatgan.

NBC telekanali nomi oshkor etilmagan yuqori lavozimli manbaga tayanib xabar berishicha, AQSH moliya va savdo kotiblari obligatsiya bozoridagi vahima tufayli Prezidentni tarifni to‘xtatib turishga undagan. Shuningdek, rasmiylar Trampning qarori yangi global moliyaviy inqiroz keltirib chiqarishidan xavotir bildirmoqda.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp tarif bo‘yicha yangi reja e’lon qildi