Tramp tarafdorlarini yana mitingga chorlamoqda
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlarini mitinglarni boshlash masalasini muhokama qilishga chaqirdi, deb xabar tarqatdi CNN telekanali.
Bu yerda gap Make America Great Again ("Amerikani qaytadan buyuk qilamiz") shiori ostida o‘tkaziladigan miting haqida bormoqda. Bunday mitinglar 2016 yilda Trampning saylovoldi kampaniyasida ko‘p bo‘lgan edi va prezidentlik qilgan davrda davom etdi. Yangi mitinglarni o‘tkazish may oyiga rejalashtirilgan, deya ta’kidlaydi telekanal.
Bundan avvalroq, Tramp 2024 yilda yana AQSH prezidentligiga nomzodini ko‘rsatishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Tramp 2020 yildagi prezident saylovida Demokratik partiyadan nomzodini ko‘rsatgan sobiq vitse-prezident Jo Baydenga yutqazib qo‘ydi, lekin Baydenning g‘alabasini tan olmadi va hatto, raqibining inauguratsiyasida ishtirok etishdan ham bosh tortdi. Bunaqasi 150 yil davomida kuzatilmagan edi, deyiladi xabarda.