Tramp: “Men doim Messi va Ronalduni yoqtirganman”
Messi ajoyib futbolchi, Ronaldu ham xuddi shunday.
AQSh prezidenti Donald Tramp Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi hamda Portugaliya yulduzi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Messi ajoyib futbolchi, Ronaldu ham xuddi shunday. Buni aytishni istamasdim, ammo men «Kosmos» safida o‘ynagan Peleni ham o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Uning o‘yinini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lganman. U ham buyuk futbolchi edi. Bunday yulduzlar yana ko‘p.
Bu boradagi ko‘p ma’lumotlarni o‘g‘lim Berrondan olaman. U futbolning katta muxlisi. Hozir futbol maydonlarida juda ko‘p ajoyib futbolchilar o‘ynayapti.
Men har doim Ronalduni ham, Messini ham yoqtirganman. Yaqinda Messi bilan uchrashdim, Krishtianu bilan esa anchadan beri tanishman. Rostini aytsam, ularning hayoti menikiga qaraganda ancha osonroq", — dedi Tramp Fox Sports telekanaliga bergan intervyusida.