AQSH Prezidenti Donald Trampning savdo masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Piter Navarro dushanba kuni AQSH bilan savdo qilmasa, BRIKS a’zolari "omon qololmasligi"ni ta’kidladi.
- Ushbu davlatlar o‘z mahsulotini AQSHga sotmas ekan, yashab ketolmaydi, - dedi rasmiy “Real America's Voice” telekanaliga bergan intervyusida. - Ular AQSH bilan savdo munosabatlarida, xuddi qonxo‘rlardek, nohaq savdo amaliyoti yordamida bizning qonimizni so‘rib olishadi.
Shuningdek, Navarro BRIKSga a’zo mamlakatlar, go‘yoki, “bir-biriga nafrat bilan qarashi"ni ta’kidlarkan, "bir-birini yo‘q qilish istagi tufayli" tashkilotning yagona uyushma bo‘lib qolish qobiliyatiga shubha bildirdi.
2006 yil Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya tomonidan tuzilgan davlatlararo assotsiatsiyaga 2011 yil Janubiy Afrika Respublikasi qo‘shilgach, tuzilma BRIKS deb yuritila boshlagan.
S.Rahimov, O‘zA